Psixologiya yo’nalishi



Yüklə 62,13 Kb.
səhifə2/9
tarix07.06.2023
ölçüsü62,13 Kb.
#126219
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zarpillayeva Farangiz kurs ishi

Ilmiy rahbar: _______________

Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3-4
I.Bob Shaxs tushunchasi haqida umumiy tasnif …………………….6

    1. Shaxs ta`rifi………………………..6-9

    2. Shaxsning psixologik tuzilishi. …………………10-21



II.Bob Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari……………22

2.1. Sobiq Sovet psixologiyasida shaxs rivojlanishi nazariyalari ………………22-34
2.2. A.Adler nazariyalarida shaxsga yondashuv……35-39


Xulosa…………………………………………………………………………39-40
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………....41-43

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Shaxs tushunchasiga oid umumiy tushunchalar. A.Adler bo`yicha shaxs nazariyalari.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, insonzotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
Adler ijtimoiy manfaatlar haqida. Ijtimoiy qiziqish tug'ma, lekin rivojlanishni talab qiladi, bu ijtimoiy muhit va birinchi navbatda, oila tufayli yuzaga keladi.
Onaning sog'lom mehr-muhabbati ijtimoiy manfaatlarga yordam beradi, lekin erning bolalarni afzal ko'rishi unday emas. Otaning xotiniga, ishiga, jamiyatga, bolalarga ijobiy munosabati ham bolalarda ijtimoiy qiziqishning rivojlanishiga yordam beradi, ammo hissiy ajralish va avtoritarizm bunga yordam bermaydi.

Insonga ijtimoiy qiziqish darajasi uning ruhiy salomatligi ko'rsatkichidir. Ijtimoiy qiziqishlari past odamlar egosentrikdir. M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "Psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi.


Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir.



Yüklə 62,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin