Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə11/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Psixologiya

Psixoanaliz (psixo. va analiz) — psixoterapiya metodi va Freyd tomonidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jinsiy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muofiq kelmaydigan (asosan, seksual) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish Psixoanalizda har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va h.k.) ning asosiy manbai sifatida qaraladi. Psixoanaliz. nazariyasiga koʻra, 3 xil psixik instansiyalar hukm surishi mumkin: gʻayrishuuriy "U" (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari bilan "U"ning impulslarini cheklovchi shuuriy "Men" (Ego); "Oʻta-Men" (Suner—Ego) — ijtimoiy taqiqlar, qonun tusiga kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freyd fikricha, "Men" reallik tamoyiliga asoslangan holda inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. Inson oʻzining qadimiy. ajdodlaridan irsiy yoʻl bilan oʻtgan instinktiv mayllarning namoyon boʻlishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar dastavval jinsiy instinkt va oʻzini himoya qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab qoʻyadi, uning instinktlari va mayllari "senzura"dan oʻtkaziladi. Buning natijasida oʻzining aksariyat instinktlari va mayllarini toʻxtatish, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin yoʻqolib ketmaydi, faqat ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi, xolos.

Psixoanaliz taʼlimotining vazifalaridan biri — ongsizlik sohasidagi "kompleks"larni aniqlash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Ushbu taʼlimot namoyandalari shaxsning ichki ixtiloflarini ochib berish uchun "Edip kompleksi" ni yaratdilar. Ularning mulohazasicha, instinktiv mayllar oʻz quvvati va faolligini saqlagan holda insoniyat madaniyati va shaxs faoliyati mahsulining har xil shakllariga kirib ("sublimatsiyalashib"), ongsizlik holatidan turib inson xulq-atvorini boshqarishda ishtirok qilaveradi. Psixoanalizda ongsizlik bilan onglilik oʻrtasidagi qarama-qarshi munosabatni mutlaqlashtirish uchraydi, buning natijasida ularning oʻzaro bir-birini toʻldirish imkoniyati rad qilinadi. Psixoanaliz adabiyot va adabiyotshunoslik, sanʼat va sanʼatshunoslik, boshqa gumanitar fanlar va tibbiyotga taʼsir koʻrsatdi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin