Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə7/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119
Psixologiya

Bixeviorizm

AQSH psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm (xulq ma’nosini anglatadi) psixologiyasi oqimi XIX-asrning oxiridan boshlab yo’nalish sifatida xukm surib kelmoqda. Bixeviorizm vakillari emperik ( amaliy )psixologiyaga va uning interospektiv metodiga (o’z-o’zini kuzatish) qarshi kurashdilar. Bixevioristlar psixologiya filosofiyasiga emas, tabiatshunoslik fanlariga tayanib kuzatish, eksperement o’tkazish, ichki (sub’yektiv) metodan voz kechib tashki ( ob’yektiv) metodga ko’chish g’oyalarini ilgari surdilar. Bixevioristlar insonlar va hayvonlar ruhiy dunyosini o’rganish bevosita xissiy organlar yordami bilan xis ettiriladigan narsalar va xodisalarga yo’naltirilishi kerak degan pozitsiyani egalladilar.

Bixeviorizm psixologiya maktabi, psixologiya fani inson va hayvonlar organizmlarining faqat tashqi ifodali harakatlarini (mimika,imo-ishora, nutq kabilarni) tatbiq qilish shart, undan tashqari na ob’yekt, na aspekt bo’lshi mumkin emas, degan da’vo bilan chiqdilar. Bixeviorizm psixologiya maktabi psixologiya fanining predmeti psixika emas, balki inson va hayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir, degan g’oyani ilgari suruvchi va ximoya qiluvchi oqimdir. Bixeviorizm xulq deganda organizmning faqat tashqi muxitdagi ko’zg’aluvchilarga nisbatan qaytaradigan javob harakatlari yig’indisini tushunadi. Demak, bixeviorizm nazariyasiga ko’ra, psixologiyani bosh vazifasi faqat tashqi stimul bilan unga qaytariladigan reaksiyalar o’rtasidagi teng ma’noli bog’lanishlarni aniqlashdan iborat. Bixeviorizm oqimining asoschilari AQShlik psixologlar Dj. Uotson (1878-1958)va E.Torndayklardir(1871-1949). Keyinchalik bular qatoriga K.Leshli (1890-1958), A.Veys(1874-1931) va boshqalar kelib qo’shildilar.

Xozirgi kunda bu oqim bir necha psixologik maktablarga ajralib ketgan. Hammasi uchun umumiy formula S-R, ya’ni stimul-reaksiya xizmat kilib kelmoqda.

Bixeviorizmning asoschisi E.Torndayk hayvon (kalamush) psixikasini o’rganishdagi metodni inson ruhiy dunyosini tadqiqot etishga tatbiq qiladi. Uning fikricha,inson xulqi hayvonlarnikiga o’xshash bitta reaksiyalar yig’indisi taktikasida emas, balki qo’zg’aluvchilarning bir guruh tizimi yordami bilan xosil kilinadi. E Torndayk organizamni javob reaksiyalari yig’indisini - xulq, qo’zg’ovchilarning murakkab tizimini vaziyatlli tashqi sharoit ekanligini tushuntiradi. Shuning uchun inson ruhi ong bilan emas, balki vaziyat bilan boshqariladi.

Dj. Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal ( tovushsiz, imo-ishora, mimika ) kommunikatsiyani ( xabar yo’li yoki muomala akti) birga qo’shib keng ma’noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri - nutq malakalarini asta-sekin avj oldirish deb ataladi, bunda she’rni yoki ibratli so’zlarni anik esga tushirish o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli - sub’yekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish ( yarim -yortisi unutilgan she’rni eslashga harakat ) va nixoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish. Dj. Uotson uchun malaka- bu individual o’rgatilgan xatti- harakatdir. Ushbu nazariya nuktai nazaridan qarasak, tafakkkur malakaga yaqinlashtirilib ko’yiladi, chunki she’rni esga tushurish ham tafakkur deb talqin kilinadi. Dj. Uotson tilni uzlashtirishning ijjtimoiy jixatlarini umuman hisobga olganda, nutqni tuzilishi va rivojlanishiga sira e’tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risidagi prinsipni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib karagan. Keyinchalik bixeviorizmning kognitiv nazariyasi vujudga keldi. Bixeviorizm formulasi biroz o’zgarilib S-S tarzda qo`llanila boshlandi, xulq kognitiv nazariyasida tafakkur mohiyatini ochishga xizmat qiladigan qator tushuncha ishlatildi; Jumladan, " bilish rejasi", "bilishga moyillik","ma’noga nisbatan belgining munosabati", " ahamiyati ", " maqsad", " tayyorgarlik" bilish tuzilmasi kutiladigan natija maxsuli va boshqalar. Afsuski, bu nazariyada tafakkur mustaqil bilish jarayoni qilib ajratilmagan. Ko’prok idrok fenomenlari ( noyob xodisalar), xotira jarayoni yuzasidan ma’lumot olish mumkin xolos. Sanab o’tilgan tushunchalarning barchasi xulq psixologiyasiga to’la-to’kis bo’y sundirilgan.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin