Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə80/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119
Psixologiya

Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.

Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) shali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi shayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jishatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam sholiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o’rta asr kishilar ongiga va nishoyat yetukli davrdagina (16-18 yoshlarda) u Hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.

Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb "rekapitulyasiya qonuni" ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) shisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik shayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi. 8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamoshangdir. o’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to etuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir. S.Xollning talqiniga qaraganda, bu davrlar "bo’ron va tazyiqlar", ichki va tashqi nizolar (konflikt) dan iborat bo’lib, ularning kechishi davomida odamda "individuallik tuyg’u" si vujudga keladi. Shaxsni rivojlanishining ushbu nazariyasi o’z davrida bir talay tanqidiy mulohazalar manbai vazifasini o’tadi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas.

Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis "konstitusion psixologiyasi" (insonning tana tuzilishiga asoslagan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasi negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o’sishining xususiyati o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshqa sikloid toifasiga xos (tez qo’zg’aluvchi, shis-tuyg’usi o’ta barqaror), ikkinchi uchida esa shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, shis-tuyg’usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminini u shaxs rivojlanishi davriga ko’chirishga harakat qiladi, natijada o’smirlarda sikloid xususiyatlari, (o’ta qo’zg’aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk o’spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari bo’ladi, deya xulosa chiqaradi. Lekin insonda biologik hartlangan sifatlar hamisha yetakchi va shal qiluvchi rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi.

Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga chamalab ish ko’radilar, bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish sikllari o’zaro o’rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.

Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik, sosiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotining birinchi darajali ahamiyatga ega deb shisoblaydi. Ushbu yondashishning uchta mustaqil yo’nalishga ajratib tashlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o’z moshiyati, mashsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o’zaro tafovutlanadi.

Psixikaning irrasional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo’lmish emosiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tashlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyondalaridan biri - bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o’ziga xos betakror xususiyatga egadir.

E.Shpranger "o’spirinlik davri psixologiyasi" degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshgacha kiritishni tavsiya

qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o’zgarishlar E.Shpranger bo’yicha:

a) shaxsiy "Men" ni kashf qilish,

b) refleksiyaning o’sishi,

v) o’zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e'tirof qilish,

g) shayotiy ezgu rejalarining paydo bo’lishi,

d) o’z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14-17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning moshiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg’usini tug’ilishidan iboratdir.

17-21 yoshlarning yana bir xususiyati - o’zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan "uzilish inqirozi" va tansholik tuyg’usining paydo bo’lishidir. Bu holatni tarixiy hartlanganlik hart-haroitlar va omillar vujudga keltiradi.

E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo’lib shisoblanadilar.

Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.

J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jishatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta'limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish,ko’nikish) dan iborat bo’lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.

Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarga ajratadi:

1) sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha),

2) operasiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha),

3) konkret operasiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha),

4) formal (rasmiy) operasiyalar davri.

J.Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.

Fransuz psixologi A.Vallon nuqtai nazaricha, shaxsning rivojlanishi quyidagi bosqichlarga ajratiladi:

1) shomilaning ona qornidagi davri,

2) impulsiv harakat davri - tug’ilgandan to 6 oylikgacha,

3) emosional (shis-tuyg’u) davri - 6 oylikdan to 1 yoshgacha,

4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg’unlashuvi) davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha,

5) personalizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan to 5 yoshgacha,

6) farqlash davri - 6 yoshdan to 11 yoshgacha,

7) jinsiy yetilish va o’spirinlik davri - 12 yoshdan to 18 yoshgacha.

Yana bir fransiyalik yirik psixolog Zazzo o’z vatanidagi ta'lim va tarbiya tizimining tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni o’ziga xos talqin qilib, insonning ulg’ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi:

1. Birinchi bosqich - bolaning tug’ilganidan 3 yoshigacha.

2. Ikkinchi bosqich - 3 yoshidan 6 yoshigacha.

3. Uchinchi bosqich - 6 yoshidan 9 yoshigacha.

4. To’rtinchi bosqich - 9 yoshidan 12 yoshigacha.

5. Beshinchi bosqich - 12 yoshidan to 15 yoshigacha.

6. Oltinchi bosqich - 15 yoshidan 18 yoshigacha.

Sobiq Sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.G.Ananev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik ushbu masala bilan shug’ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu

boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o’ziga xosligi bo’yicha yondashuvda, muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhga ajratish va undan so’ng ularning moshiyatini ochish maqsadga muvofiq. Bizningcha, ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga aloshida ilmiy psixologik ta'rif berish nuqtai nazaridan yondashish quyidagi nazariya va yo’nalishlarni tashkil qiladi. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy), motivasion yondashish (L.I.Bojovich), faoliyatga ko’ra munosabat (D.B.Elkonin), shaxsning ijtimoiylashuvi xususiyatiga e'tiboran (A.V.Petrovskiy), shaxsni tutgan pozisiyasini shisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo.

L.S.Vigotskiy jahon psixologlari shaxsning tuzilishi va rivojlanishiga oid nazariyalarni tanqidiy tashlil qilib, kamolotni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlardan kelib chiqqan holda jarayonni quyidagi bosqichlarga ajratadi.

1. Chaqaloqlik davri inqirozi (krizisi).

2. Go’daklik davri - 2 oydan 1 yoshgacha. Bir yaharlik inqiroz.

3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yaharlik inqiroz.

4. Maktabgacha yoshdagi davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. ? yaharlik inqiroz.

5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yaharlik inqiroz.

6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yaharlik inqiroz.

L.S.Vigotskiy o’z asarlarida rivojlanishning har bir davrining o’ziga xos xususiyatlariga chuqur ilmiy ta'rif bera olgan. Tadqiqotchi shaxsning rivojlanishida eng muhim ruhiy yangilanishlar yuzasidan ham ilmiy, ham amaliy ahamiyat kasb etuvchi mulohazalar bildirgan. Biroq uning fikrlari ichida o’ta munozarali, bashsbob o’rinlar talaygina. Hozirgi zamon psixologiya fanida L.S.Vigotskiyning shaxsning rivojlanishi nazariyasi ilmiy, tarixiy, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi inqirozlarning roli to’g’risidagi mulohazalari va olg’a surgan g’oyalari shu kunning talabi bilan hamohangdir.

TOPSHIRIQ




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin