Psixologiya


-Seminar mavzusi: Shaxsni evolutsion jihatdan rivojlanishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə77/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Psixologiya

19-Seminar mavzusi: Shaxsni evolutsion jihatdan rivojlanishi

Reja

1. Inson ongining tarixiy taraqqiyoti.


2. Shaxs to’g’risida umumiy tushuncha.

3."Endopsixika" va "Ekzopsixika" shaqida tushuncha

Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o‘sib taraqqiy qilinishini yuksak
darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo‘lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo‘ladi. Inson ong egasi bo‘lganligi tufayli hodisalaming o‘zaro sababiyatlari, bog‘lanishlarini va bu bog'lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko‘radi.
Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni
miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog'lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng awalgi ota-bobosi
qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu tufayli ijtimoiy hayot kechira
boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo‘lgan. Odamning eng awalgi ota-bobolari to‘da-to‘da boiib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o‘zlashtirish jarayonida o‘zining tabiatini ham o‘zgartirib boradi. Odamning eng awalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillasha borgan.

Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi.

Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanining ilg’or taraqqiyparvar, gumanistik tadqiqotchilarning tajribasida ko’rsatilishicha, shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlari (xarakter xislati, temperament xususiyatlari, irodaviy sifatlari, aqliy qobiliyatlari, iste'dod darajalari, barqaror qiziqishlari, shukmron motivlari, shissiyoti va shu kabilarning birikmasi (majmuasi) har bir yaqqol, aloshida odamda betakror, barqaror, turg’un birlikni tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida shaxsni psixologik tuzilishining nisbiyligi, qat'iyligi, stereotipligi to’g’risidagi fikrni qat'iy tasdiqlashga imkon yaratadi.

Psixik holatlar, hodisalar (shissiyot, xoshish, orzu, tafakkur va shu kabilar) uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi, yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik ta'sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi. Mazkur nisbiy barqarorlik odam qatnashadigan uning yashash haroitlari, jismoniy xususiyatlarining qiyofasi bilan uyg’unlikda shakllantiruvchi ijtimoiy munosabatlar yig’indisining doimiyligi bilan uzviy bog’liqdir. Biroq biz qayd qilib o’tgan doimiylik nisbiy xususiyatga egadir. Chunki shaxsni psixik tuzilishining o’zgarishi jahon psixologlarining bir qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Bu o’zgarishlar odamning yashash mushiti, amalga oshiradigan faoliyatida namoyon bo’luvchi shisoblanib, ular ijtimoiy ta'sir, tarbiya

haroitiga bevosita aloqadordir.

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial) omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" - yunoncha "endo" ichki degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g’oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko’ra "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixik" aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go’yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "ekzopsixik" qismi bo’lsa shaxsning tashqi mushitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo’lgan barcha jishatlarini, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o’z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo’r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi.

"Ekzopsixika" esa o’z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, shukmron shissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo’lgan "endopsixika" biologik hart-haroitlarga bog’liqdir, aksincha, "ekzopsixika" ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.

Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog’liq degan nazariyaning namoyandalari bo’lmish Hozirgi zamon uzoq chet el (AqSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvesariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o’sha ikkita asosiy omillarga, ya'ni biologik va ijtimoiy (sosial) voqeliklarning ta'siriga bog’liq bo’lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi.

Shaxsning psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari insonning shayoti-faoliyati davomida o’zgarib turuvchi eshtiyojlari bilan ularni qondirishning shaqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bo’lib shisoblanadi. Bular to’g’risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.

Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo’r berish, zo’riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o’zini qo’lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo’llari, usullari, operasiyalari, ko’nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa'i-harakatlari kabilarni) o’zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitasiya (taqlid), identifikasiya, refleksiya, stereotipizasiya, ta'lim, o’qitish, o’qish, o’rganish, o’rgatish, saboq olish, o’zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali eshtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo’lgan eshtiyojni tug’diradi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin