Psixologiya


- mavzu. Evolutsion nazariyada tabiiy va jinsiy tanlanishning kelib chiqishi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə75/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Psixologiya

18- mavzu. Evolutsion nazariyada tabiiy va jinsiy tanlanishning kelib chiqishi.


Reja

  1. Tabiiy tanlanish moxiyatiga oid mumtoz (klassik) misol.

  2. Tabiiy tanlanishning asosiy mazmuni va shakllari.

  3. Jinsiy tanlanish

  4. Irsiyat

Bu mavzuni professor Paramonovning hozirgi kunda mumtoz (klassik) bulib kolgan misoli bilan boshlamokchimiz.

Ma'lum bir qadim va qalin o’rmonda uzok vaqtlardan, o’tmish zamonlardan beri kiyiklarning bir turi yashab kelgan. Ularning avlodlari urmon sharoitlariga mos kelganligidan, populyasiyalardagi individlarda keskin uzgaruvchanlik belgilari deyarli namoyon bulmas edi.

Mazkur urmonda boshka jonivorlar katorida burilarning xam bir turi mavjud bulib, uning populyasiyalari azaldan, uzok utmishdan yashab kelgan. Tabiiyki, burilarning asosiy uljasi kayd etilgan kiyiklar bulib, bu yirtkich xayvonlar birinchi galda shu jonivorlarga xujum kilib ular xisobiga kun kurishgan.

Shu asnoda 2 xil xayvonlar – kiyiklar va burilar uzok muddatlarlan beri bir joyda yashab kelishgan. Kiyiklar populyasiyalari kupayib borganda, burilar xam ortikcha ovkat ta'sirida mikdorini oshirishar edi, kiyiklarning mikdori kamayganda burilarning zichligi xam pasaya borardi.

Kutilmaganda, kiyiklar populyasiyasida ajoyib mutasiya ruy berdi: tugilayotgan kiyikchalar orasida sheriklarining oyoklariga nisbatan biroz uzaygan oyokli kiyikchalar paydo bulaboshlaydi. Yoshligida uzunligi normal bulgan oyoklarga nisbatan bu xildagi oyoklar 1-1,5 sm uzunro, bulsa xam, bu uzgarishning nafi katta yoshdagi kiyiklarda keskin bilinar edi (katta yoshdagilarning mutasiyalangan oyoklari normal oyoklardan 4-5 sm ortikrok edi). Bu belgi uta foydali bulganligi uchun, u keyingi avlodlarda rivojlanib bordi. Yillar utgan sari populyasiyalarda oyoklari uzaygan kiyiklarning soni ortib bordi, normal oyokli kiyiklarning mikdori esa kamaya bordi.

Tabiiyki, oyoklari uzayib borayotgan kiyiklarni kuvlab, ularga etib borish burilarga kiyinlashib bordi; kundan-kunga ularga xujum kilish samarasizlanib bordi, okibatda, ovkatsiz kolgan burilarning populyasiyalari siyraklashib bordi.

Hakikatda xam, kiyiklar populyasiyasida xam, burilar populyasiyasida xam tanlash jarayoni sodir buldi. Dastlab oyoklari uzaymagan, normal uzunlikda bulgan kiyiklar kamaya boshladi, ularning mutasiya okibatida uzaygan oyokli individlar egalladi; sungra, xuddi shu xolat burilar populyasiyasida ruy berdi. Tabiiy tanlanish moxiyatini tushuntiruvchi shu xildagi boshka misollar kup emas, shuning uchun uni mumtoz katoridagi misol deb xisoblaymiz.

Tabiiy tanlanish nima? U tashki muxit sharoitlariga javob beraolmaydigan belgilarga ega bulgan individlarni saklanib kolishiga tuskinlik kiluvchi govmi? Yoki, tabiatning uziga xos "galvir"mi, undan utgan individlar yashovchanligi bilan kirilayotganlardan fark kilgan xolda saklanib kolib, yangi formalarga asos bulib koladilarmi? Xakikatda xam, jonivorlar yashaydigan muxitlarda tanlash jarayonlari sodir buladimi?

Mazkur savollarga javob kaytarish uta kiyin va murakkab vazifadir. Eng avvalo, aytishimiz kerakki, tabiatda xech kanday tanlashlar bulmaydi. Turlar joylashgan (taksimlangan) muxit ularning individlarini saralamaydi, bir-biridan ajratib, saklanadiganlarni (yashashga koldirilganlarni) va yukotiladiganlarni saylamaydi. Muxit, uning tarkibida organizmlar buladimi-bulmaydimi, bunga befark, chunki uning asosi – jonsiz tabiatdir. Uning ichida tirik individlarning aynan kaysi xillari saklanib kolib yashaydi, kaysilari saklanib kolaolmasdan kiriladi – bunga muxitning xech kanday manfaatdor tomoni bulmaydi.

Tabiiy tanlanish deb ataluvchi jarayonda, turlarni xamisha uzgarib borayotgan muxitga nisbatan muvofik bulib saklanishi dikkatga sazovor, u xam bulsa turlarni (yoki tugrirogi aloxida olingan turni) tarkibidagi barcha individlarni yoppasiga yashab kolishi emas, balki aynan usha muxit uzgarishlarini "sezuvchi", usha uzgarishlarga mos keluvchi individlarni saklanishi ruy beradi. Albatta, konkret muxit uzgarishlariga tur tarkibidagi barcha individlar javob beraolmaydi, chunki usha tur individlari dastlab kandaydir uziga xos muxit sharoitlarida shakllangan,uzining uzgaruvchanlik belgilari bilan aynan ularga javob bergan va shu paytgacha usha sharoitlarga ilgaridek javob bermaydigan xolatga keladi va kirila boshlaydi.

Yukoridagilarga asoslangan xolda, shunday xulosaga kelish mumkinki, tabiatda xech narsa tanlanmaydi, tanlovchi kuch xam (su'niy tanlashda bulganidek) yuk. Barcha shunga oid jarayonlar, tur individlarini asta-sekinlik bilan xamisha uzgaruvchi muxitga nisbatan muvofiklanib turishidan iborat; bu esa, yoppasiga kirilib borayotganlarning xisobiga juda kam mikdordagilarni saklanishi bilan amalga oshiriladi (esdan chikarish kerak emaski, bular ulayotgan sheriklariga nisbatan mutasiyalanishlar ta'sirida yashab kolishini ta'minlovchi yangi foydali uzgaruvchanlik belgilarga ega).

Yangi turlarni xosil bulishiga olib keluvchi tabiiy tanlanishning xar xil shakllari va kurinishlari mavjud. Ulardan tanlashning asosiy va bosh formalari bulgan xarakatlantiruvchi va stabillashtiruvchi xillari tugrisida tuxtab utamiz. Mazkur tabiiy tanlashlar bir-birini tuldirib, shu bilan birgalikda evolyusiyani uzaro davom ettiruvchilari sifatida baxolanishi mumkin.

Darvin jinsiy tanlanish iborasi bilan erkak hayvonlar o‘rtasida urg‘ochilar bilan qo‘shilish uchun aktiv kurash borishi yoki urg‘ochi hayvonlar juftlashish oldidan erkak in- dividni tanlab olishini tushunadi. Jinsiy tanlanish, xuddi tabiiy tanlanish kabi tabiiy sharoitda amalga oshadi. Shu sababli, ular evolyutsiyaning bir- birini istisno qiluvchi omillari sifatida o‘zaro qarama-qarshi bo‘lishi aslo mumkin emas. Aksincha, jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning ayrim formasi tarzida namoyon bo'ladi. Shunga ko‘ra, ularni ba’zan bir- biridan ajratish qiyin. Masalan, erkak organizmlarda uchray- digan himoya va urishish quroli tabiiy tanlanish ta’sirida vu- judga kelgan, keyinchalik esa jinsiy tanlanish ta’sirida yanada takomillashgan (1- rasm)

Jinsiy tanlanish haqidagi nazariya e’lon qilingandan so‘ng olimlardan Uolles va Menzbir uni tanqid qiiib, urg'ochi qushlaming erkak qushlardagi chiroylilikni farq qilish qobili- yatiga ishonish qiyin, chunki ularda odamga o‘xshash ong yo‘q va jinsiy tanlanish antropormizmdan iborat deganlar. Uolles erkak hayvonlardagi chiroylilik fiziologik sabablarga bog'liq, urg‘ochilarida esa chiroylilik tabiiy tanlanish ta’siri bi- lan to‘xtatib qo'yilgan, chunki himoya rangi naslni saqlashda katta ahamiyatga ega, degan edi. Hozirgi vaqtda biologiya fani- ning rivojlanishi, ayniqsa, endokrinologiya yutuqlari ikkinchi darajali jinsiy belgilar jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan gormonlaiga, shuningdek, markaziy nerv faoliyatiga bog‘liq ekanligini ko'rsatmoqda. Biroq bundan ikkinchi darajali jinsiy belgilar tabiiy tanlanish va uning alohida formasi bo'lgan jinsiy tanlanish orqali nazorat qilinmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Fan sohasida to‘plangan juda ko‘p tajribalar jinsiy tanlanish g'oyasining to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Olimlardan A. D. Nekrasov,

Ota-onalardan birida nasldan naslga o'tadigan patologik alomatlar (qo'l yoki oyoq barmoqlarining bir-biriga yopishishi, barmoqlarning kalta bo'lishi, eshituv nervining tug'ma atrofiyasi va b.q.) bo'lsa, unga dominant tip deyiladi. Ana shunday genni tashuvchi ota yoki ona nikohlanganda avlodda yuqorida keltirilgan nuqsonlar paydo bo'lishi mumkin. Shuning uchun yaqin qarindoshlardan qiz olib, qiz bermagan ma'qui.

Nasldan naslga o'tadigan retsessiv kasallikka sababchi gen yashirin bo'lishi ham mumkin. Bunday hollarda yuqori labi va tanglayi tirtiq bola tug'ilishi ehtimoli bor. Ba'zan (faqat erkaklarda) qonning yetarlicha ivimasligi (gemofiliya) kuzatiladi. Bunday kasallikka x-xromosoma geni sabab bo'ladi. U nasldan-naslga faqat ayollar orqali o'tadi. Gemofiliya geni bo'lgan x-xromosomani tashuvchi ayoldan tug'ilgan o'g'il bolalarning qariyb 50% da qon iyimaslik kasalligi kuzatiladi. Bunday kasallik qizlarda uchramaydi. Gemofiliyali erkak bilan gemofiliya geni bo'lgan ayol (qarindoshlar) o'rtasidagi nikohdan tug'iladigan bolalar yashashgr layoqatsiz bo'ladi. Xromosoma kasalliklari xromosomalar sonining o'zgarishi natijasida paydo bo'ladi. Gametalar yetilayotganda xromosomalardan bir jufti ajralib, urug' hujayrasiga qo'shilishi yoki aksincha, xromosomalar yetishmasligi natijasida rivojlanuvchi organizmning barcha hujayralari buzilgan xromosomalar to'plamini tutadi. X-xromosomaning zigotada bo'lmasligi (O) homilani halokatga uchratadi. XXU, XO va XXX hollarda organizm rivojlanishida turlicha o'zgarishlar bo'ladi.

Xromosomalar kompleksining buzilishi jinsiy xromosomalargagina emas, balki ularning har bir juftiga ham bog'liq.

Ba'zida, bemorlar organizmining hujayralarida 46 o'rniga 47 xromosoma bo'lganda 21-juft xromosomalar ajralmay qoladi. Bunday paytda Daun kasalligi avj olib, bolaning kallasi kichik bo'lib qolishi va aqliy zaiflik kuzatiladi. Xromosoma kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o'rganish bilan ular rivojlanishining oldi olinadi. Homila ona qornida surunkali ravishda alkogol va narkotik moddalardan zaharlansa yoki ona zaxm bilan og'rigan bo'lsa, u tug'ma kasallik (mayib-majruh, kar-soqov, yurak porogi va b.q.) bilan tug'ilishi mumkin.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin