Psixologiya


TOPSHIRIQ Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya vazifalarini keltiring



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə105/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119
Psixologiya

TOPSHIRIQ

Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya vazifalarini keltiring











Seminar mashg’uloti uchun nazorat savollari:

1. Qiyosiy psixologiya nima?

2. Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi ?

3. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning qanday usullari mavjud?



28- Seminar mavzusi. Zoopsixologiyaga va qiyosiy psixologiyaga kirish Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi.

Reja:


1. Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o'rni

2. Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli.

Hayvonlarning psixologik jihatdan o'rganish bilan birga, hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o'rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug'illanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xattiharakatini ekologik omil asosida o'rganishadi, bunda hayvonlarni ma'lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o'rganiladi. Bir vaqtning o'zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti-harakatini o'zgarish holatlarini ham tadqiq etadi. etologik o'ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi. Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar hatti-xarakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar. Bunda asosiy o'rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o'ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funktsional morfologiyaga, ommaviy ekologiyaga, hayvonlar tizimiga, googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar.

Zoopsixologiya o'zining xatti-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o'rganishga qaratadi, etologlar esa biologik holatlarga. Biroq psixik omillarsiz xayvonlarning biologik holatlarini o'rganish mumkin emas, va aksincha6.



Zoopsixologiyani fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik holati mavjud. Ayniqsa neyrofiziologiya oliy nerv fiziologiyasi bilan, zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish holatlarini o'rganadi. Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o'tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi, bunda albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o'z e'tiborini qaratadi. Uning birlamchi vazifasi faoliyat tizimlari va a'zolarini o'rganishdan iborat. Sodir bo'layotgan holatlarni o'rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni bir butun sifatida idrok qilishimiz zarur bo'ladi. Biroq fiziologik jarayotnlarda xatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga yordam beradi, demak fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo'qotadi. Shuning uchun ham fiziologiyani o'rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondoshish mumkin emas. Fiziologlarni vazifasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir. Yuqoridagi xech bir fan boshqasining o'rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Bu yo'nalishlar orqali hayvonlarni to'liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin. Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laborotoriya sharoitida amalga oshiriladi. Zoopsixologiya fanida hayvonlarni atrof muhit bilan munosabatlarini o'rganish holatalari ham mavjud. Hayvonlar o'zlarini oldingi tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo'ladi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin