Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə103/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119
Psixologiya

TOPSHIRIQ

Tushunchalar organayzeri. Quyidagi keltirilgan tushunchalar ta’rifini keltiring



Tushuncha

ta’rif

Ehtiyoj




Motivlar




Maqsad




Seminar mashg’uloti uchun nazorat savollari:

1. Ehtiyoj nima?

2. Maqsadga qaratilgan harakatlar.

3. Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlar inson hulq-atvori qo'zg'atuvchilari sifatida.



27- Seminar mavzusi. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi.

Reja:


1. Qiyosiy psixologiya

2. Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi

3. Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari

Qiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o'rganuvchi sohalardan biri xisoblanadi. Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o'rganishdan iboratdir. Ba'zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin. Ba'zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, masalan Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e'tirof etgan.

Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o'rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi.

Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir. Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o'zgarishlarni tahlil qilishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Zoopsixologiya fanga nisbatan an'anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi. Hayvonlarning psixikasini o'rganish mumkin emas degan g'oyalarning mavjudligi. Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o'rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o'zgarishini o'rganadi.

Amaliy vazifalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo'lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o'tishimiz mumkin:

Inson faoliyatining hayotiy va xo'jalik sohasida;

Insonni tabiatni himoya qilish sohasida

Rivojlanayotgan psixoterapevtik maqsadlarda.

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari:



  • Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivojlanishi;

  • Hayvonlarda tug'ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi;

  • Ontogenezdagi xatti-harakatlar qonuniyati, turli xil guruhdagi hayvonlarning psixikasi

  • Hayvonlarning intellektini o'ziga xosligi;

  • Hayvonlarning psixikasi va xatti-harakatlarini antropogenetik ahamiyatlari.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin