Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#164573
  1   2   3
Dinshunoslik





Mirzo Ulug‘bek” nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti


Jizzax filiali
Psixologiya” fakulteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishi
102-23 – guruh talabasi Shafoatova Gulzodaning
Dinshunoslik fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Dinlarni tadqiq etish metodologiyasi: tipologik, qiyosiy, tarkibiy – funksional, genetik tahlil. Qiyosiy dinshunoslikning metodlari
REJA:

  1. Dinshunoslikda din tipologiyasining o‘rni.

  2. Dinshunoslik metodologiyasi va dinlarning tasnifi.

  3. Qiyosiy dinshunoslikning metodlari

1.Dinshunoslikda din tipologiyasining o‘rni.

Dinlarni o‘rganishda muayyan mezon asosida tasnif etib, tadqiq etish lozim bo‘ladi. Bu dinlarning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shuningdek, bir-biriga qilgan ta’siri kabi jihatlarining chuqur va har tomonlama mukammal o‘rganilishiga zamin yaratadi. Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo'lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi.


I. Tarixiy-geografik tasnif.
1) O‘rta yer dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) rim;
d) ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
d) Akkad;
e) g‘arbiy-somiy;
0 islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O‘rta Sharqning
payg‘ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
d) xristianlik;
e) manixeizm;
f) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm
d) hind buddizmi (teravada, maxayana);
II. Etnik tasnif.
1) urug‘-qabila dinlari — totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2) millat dinlari — ma’lum millatga xos bo'lib, boshqa millat vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (yahudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik (xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
3) jahon dinlari — dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bolgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom dinlarini kiritadilar. Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik —yakkaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik— ko‘pxudolik (hinduizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin