Psixologiya


Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə49/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119
Psixologiya

2.Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Standartlashtirish (standart- inglizcha  so’zdan olingan  “me`yorda”  degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va  muolajalarini yagona  normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki  xil  standartlashtirish farqlanadi.

Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot  varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish)  o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot  o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka  rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va   testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit  hisoblanadi.

 Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki  o’rganilayotgan ko’rsatkichning  miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki  baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.

            Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:

1.                  Matematik statistik qayta ishlanganlik.

2.                  Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.

3.                  Ijtimoiy psixologik me`yorlar.

Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga asoslangan bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi.  Ushbu metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi mumkin.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin