Psixologiyaning amaliy sohalari haqida



Yüklə 38,47 Kb.
tarix02.02.2023
ölçüsü38,47 Kb.
#82410
Samandarova Nafisa MatkurbonovnaHH


I LM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR
info@bestarticle.uz
https://sites.google.com/view/imxu/

BEST ARTICLE RESPUBLIKA ILMIY – ONLAYN KONFERENSIYASI 2022





PSIXOLOGIYANING AMALIY SOHALARI HAQIDA

Samandarova Nafisa Matkurbonovna
Xorazm viloyati Hazorasp tuman 9-maktab psixologi

Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan anna shu mezon talablariga javob berishi bilan harakterlanadi. Amaliy hamda tadbikiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jixatlari avvalo shundan iboratki, ular jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbik etishga ehtiyoj katta. Birgina Uzbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bulsak, uning bajarilishi va muvaffakiyatli amalga oshirilishi uchun Psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan Tashxis markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxasislar o’quvchilardagi rivojlanish tendentsiyalari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga karab talim tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir- oqibat real samara berishi lozim. Amaliy psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish sotsial psixologiya bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy sabab bilan tushuntirilishi mumkin:


a) kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki hukimat darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati va ulardagi rezevlardan oqilona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar:
b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obru etiborning Amaliy sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga o’quvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar.
Amaliyotda ishlatgan boshka soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar ishni tashkil qilishlariga o’quvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. Shuning uchun ham ko’plab Yangi turdagi markaz va firmalar, qo’shma korxonalarlarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar. Sanoat va maxsulotlar ishlab chiqarish sohasida tadbikiy ishlar birinchi navbatda konkert tashkilotli kadrlar zaxirasini to’g’ri va okilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mexnat unumdorliga tasir etuvchi omillar komleksini ilmiy ravishda o’rganib, hayotda natija olib olishga qaratilgan xarakatlar majmuidir. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida Ushbu yunalishdagi tadbikiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin.
1.marketing xizmatlari
2.xodimlar bilan ishlash(personal).
Birinchisi eng zamonaviy va eng muxim ish bulib ,bu erda psixologning vazifasi «nimani?» va «Kim?» xarid qilib olishga extiyoji borligini o’rganishga ko’maklashishdir. Chunki bu talab bilan extiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik tizimiga aloqador kategoriyalar bo’lib ,bozor va raqobat sharoitimda korxona yoki tashkilotlarning samarali ishlab ketishi eng avvalo xaridorgir tovar maxsulotlarni ajratib,ularning odamlar talab extiyojiga qanchalik mosligini aniq tahlil qilishdan boshlanadi.Marketing munosabatlari aslida odamlar o’rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo’lib uning negizida odamlar o’rtasidagi jonli muloqot va tab va didlar tarbiyasi yotadi. Shuning uchun biz bugun odamlarda to’gri marketint tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab-taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o’rganishimiz kerak.
Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi.Bu kadrlarni ishga jalo etishda bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yo’naltirish, o’z joiga qo’yish,tashkilot doirasida guruxlarni shakllantirish, uz joyiga kuyish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga malumotlarni uz vaktida etkazish bilan bog’liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixologik bu urinda asosan maslaxatchi - konsultant va eksprert sifatida rol o’ynaydi.
Har bir davr o’z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shaklantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga psixologik aralashuvining zarurati xar doim bo’lsada, ayrim paytlarda-yirik islohatlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, Yangi siyosiy ledirlarning xalq tamonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko’pchilik auditoriyaga zarur malumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish,
Siyosiy arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik tasir vositalaridan o’rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar etiqodiga tasir etish kerak bo’lganda kerak buladi: Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jixatlari bo’lib, unga quyidagilar kiradi: siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bulmaydi; zarurat tu\ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi; psixolog xar bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan odamlarning kayfiyatlari, reaktsiyalari, xis kechinmalari xususida aniq malumotlar so’raladi;
O’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog qiyofasida ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham bazan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tizimdagi talim muassasalari - akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jixatdan tayyorgarligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantrishiga bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga aralashadi. Huquqbuzarlikning oldini olish va qonunga zid xarakat qilganlarni psixologik reabelitatsiya qilish muammosi ham har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reablitatsiya masalalari ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol tasir ko’rsatish talab kiladi. Shuning uchun ham mamalakatimizda yoshlar o’rtasida huquqiy marifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga juda katta etibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim psixologning o’rni va roli katta bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 1992. – 512 s.
2. Nemov R.S. Psixologiya Kn. M.: Prosveshenie – 1994. – 576 s.
3. G`oziev E. Psixologiya. T.: O’qituvchi, 1994 – 300 b.
4. Klimov E.A. Osnovi psixologii. Ucheb. M.: YuNITI, 1997. – 295 s.
6. M. Maxsudova. Umumiy psixologiya. (ma’ruzalar matni) Namangan.
7. M. Maxsudova. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. (uslubiy qo'llanma) Namangan. 2003.

KONFERENSIYA |





Yüklə 38,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin