Ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar
Mavzu: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar 2.1
Kelib ketma, bilib ket!!!
Kun hikmati:
SAVOL SO'RASH
Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki:
«Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi». Abu Yusufdan: «Bu bilimni qaerdan qo‘lga kiritding?», - deb so‘rashganida, «Kichik, katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so‘rash bilan», - deb javob bergan edilar.
Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim.
Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.
Reja:
1. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish zarurati.
2. Kompetensiyaviy yondashuv va uning xorijiy tajribada qo‘llanilishi.
3. Ona tili va adabiyot faniga oid tayanch va fanga oid kompetensiyalar.
Kompetensiya nima?
U qaysi tildan olingan?
“Competence” so‘zi (inglizcha) “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi.
So‘zma-so‘z tarjima qilinsa, “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi.
Bugungi kun atamalari:
Bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
Ko‘nikma — o‘rganilgan
bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
Malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
Kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Kompetensiyalarning mazmuni va mohiyatini o‘rganishdan oldin, uning fan va turmushga kirib kelish tarixi bilan qisqacha tanishaylik:
Birinchi bosqich – 1960-1970 yillar. Tilni o‘rganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan «kommunikativ kompetensiya» tushunchasi kiritiladi.
Ikkinchi bosqich – 1970–1990 yillar. Kompetensiya, kompetentlik kategoriyalaridan tilni, ayniqsa, ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni o‘rganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni o‘rganishda foydalanila boshlandi. Bu paytda «ijtimoiy kompetensiya, kompetentlik» tushunchasining mazmuni ishlab chiqildi.
Uchinchi bosqich –1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondashuv kasbiy ta’limga, umumta’lim fanlariga va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llanila boshlandi.
Nutqiy kompetеnsiya
Lingvistik kompetеnsiya
Kompеtеnsiya turlari Tayanch kompеtеnsi
yalar
Fanga oid kompеtеnsi
yalar
Kommunikativ kompetеnsiya
2. Axborotlar bilan ishlash kompеtеnsiyasi
3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompеtеnsiyasi
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompеtеnsiyasi
5. Milliy va umummadaniy kompеtеnsiya
6. Matеmatik savodxonlik, fan va tеxnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompеtеnsiyasi
1. Adabiy -nutqiy kompetеnsiya,
2. Badiy asarni tahlil qilish kompetеnsiyasi
Tayanch kompеtеnsi
yalar
Kommunikativ kompеtеnsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olish
Axborotlar bilan ishlash kompеtеnsiyasi — mеdiamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompеtеnsiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intеllеktual va krеativ rivojlantirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompеtеnsiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqеa, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish
Milliy va umummadaniy kompеtеnsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mеhr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish
Matеmatik savodxonlik kompеtеnsiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rеjalarni tuza olish
SAVOLLAR BO’LSA, MARHAMAT!