O‘zini kuzatish: Metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.
O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi.
Sinaluvchilarga alohida ko‘rish yoki eshitish ta’sirlovchilari, jismlar tasviri, so‘zlar, jumlalar namoyish etiladi; ular qabul etilib, o‘zaro solishtirilib, hosil bo‘lgan tasavvurlar haqida ma’lumot berilishi kerak. Bunda sinaluvchilar o‘z javoblarida tashqi ob’ektlarni tasvirlovchi atamalarni qo‘llamay, bu ob’ektlar sababli yuzaga kelgan o‘z his-tuyg‘ulari va ularning sifatlari haqida so‘z yuritishlari kerak.