Ingliz tadqiqotchisi CHarlz Bell va fransuz Fransua Majandi yoyiluvchi va harakat nervlari o'rtasidagi tafovut ochib berildi. Uning negizida psihologiya fanida reflektor yoyi degan yangi tushuncha paydo bo'ldi. Bularning natijasida ihtiyoriy (ongli) va ihtiyorsiz (ongsiz) reflektor turlari kashf qilingan.
Refleks Organizmning tashqi va ichki ta'sirotlarga markaziy nerv tizimi orqali bergan javob reaksiyasidir Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: “Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) kelib chiqishi usuliga (mo?iyatiga) ko'ra reflekslardir”
Analizatorlar bu nerv fiziologik apparat bo'lib, periferiyadagi nerv uchidan (receptor) sezuvchi nervdan( o'tkazish yo'li) va miya qobig`ining tegishli qo'zg`atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir
Ongsizlik bu shunday psihik jarayonlar va hodisalar yig`indisiki, unda inson o'z hatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko'rish, ba'zi patologik hodisalar alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.