Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya po‘stlog‘ idagi kuchli qo‘zg‘ alish o‘chog‘ i faoliyatining xususiyati bilan bog‘ liq.
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2]
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‘lishi mumkin), murakkabligiga (ruhiy zo‘riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog‘ liqdir.
Diqqat taqsimlanishini o‘rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli jadvallar) jadvallari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |