Psixologiyaning predmeti


Instinkt tushunchasining mazmuni



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə20/28
tarix02.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#37897
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Instinkt tushunchasining mazmuni

Ushbu yuz yillik boshida, CHarlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi ta’sirining oshib borgani sari, barcha xulq turlarini instinktlar ko‘rinishida tasniflash qabul qilindi. Agar insonlar o‘zlarini tanqid qilishsa, bu ularning “o‘zini-o‘zi kamsitish instinkti” oqibatida sodir bo‘lgan. Agar ular maqtansalar, bu ularning “O‘z shaxsini namoyon qilish instinktini” aks etgan. Sotsiologlardan biri, besh yuz kitobni ko‘rib chiqib, 5759 ta ehtimoldagi odam instinktlaridan iborat ro‘yxat tuzgan edi! Har bir xulqga o‘z instinktini belgilash bilan bog‘ liq intilish alaqachon o‘z og‘ irligi ostida yo‘q bo‘lib ketgan. Bu shuning uchun yuz berdiki, birinchi nazariyachi-instinktshunoslar insonning xulqini tushuntirmasdan, unga faqat nom berish bilan mashg‘ ul bo‘lgan. Ushbu jarayon aqlli bolaga “darslarni o‘zlashtira olmaydigan” nom berib, uning past baholarini “tushuntirishni” eslatib turgan. Xulqni nomlash, uni tushuntirib berish degani emas.

Instinkt sifatida tasniflash uchun majmuaviy xulq ushbu tur orasida turg‘ un modelga ega bo‘lishi va orttirilmagan bo‘lishi kerak (Tinberg, 1951). SHunga o‘xshash xulq hayvonot olamining boshqa turlari vakillariga xos (qushlardagi imprintingini (hotirada saqlab qolish) va lososning uvuldiriq sochish uchun o‘z joylariga qatishini esga oling). Insonning xulqida ham tug‘ ma moyilliklar, shu jumladan go‘dakdagi emish va harakatlanish reflekslari kabi oddiy turg‘ un modellar namoyon bo‘ladi. Biroq, ko‘pchilik psixologlar insonning xulqi fiziologik ehtiyojlarga va ruhiy intilishlarga bog‘ liq deb hisoblaydi.

Instinkt nazariyasi odam harakatidagi sabablarni tushuntirib berishning uddasidan chiqmagan bo‘lsada, ammo uning asos bo‘ladigan farazi – genlari ushbu tur uchun xos bo‘lgan xulqni ta’minlaydi – bu esa juda ham muhim. Buni biz bizning ma’lum bir yoqtirmaydigan narsalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan biologik moyilligimiz to‘g‘ risida keying boblardagi baxsdan ko‘rdik hamda kelgusida ham o‘zaro yordam berishga, bizning xayolparast qiziqishimiz va jinsiy farqlarimizga qaratilgan xulqqa evolyusiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini muhokama qilishda kuzatamiz. 9

Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirg‘ ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida erdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o‘simliklari bilan to‘sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yiriqroq o‘simliklardan o‘z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. SHundan keyin erkak baliq urg‘ ochi baliqni urug‘ qo‘yish uchun haydab kirgizadi va to urug‘ dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qo‘riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ ochi o‘rgimchakning nomaqul bo‘lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi.

CHunonchi, ko‘pincha o‘rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar eb ketgan bo‘ladi. Lekin urg‘ ochi o‘rgimchak bo‘shab qolgan pillani qo‘riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko‘chirishda davom etadi. SHunday hollar ham bo‘ladi-ki, urg‘ ochi o‘rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‘yish chog‘ ida bajariladigan harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo‘ymasligi ham mumkin. SHunday bo‘lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya’ni bo‘sh pillani qo‘riqlashga va uni u yoqdan – bu yoqga ko‘chirishga o‘tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qo‘yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma’lum miqdordagi shirani to‘kib bo‘lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo‘lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri er arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo‘lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Er arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o‘ljasini yiroqqa surib ko‘yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo‘yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo‘yadi va ari qirq martasida ham o‘ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko‘rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat’iy bog‘ liq bo‘ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo‘zg‘ aydi va hokazo. SHu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq o‘zining maqsadga muvofiqligini yo‘qotadi. SHunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.

Hayvonlarning instinktlari turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish instinkti – hayvonlarning o‘zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g‘ amlash harakatlaridir. Himoyalanish instinkti – hayvon o‘z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o‘zini himoya qilishdir. Har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-hidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o‘z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo‘lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. Hayvonlar uni orqasidagi uzun chizig‘ idan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug‘ ilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o‘girib, dumini ko‘taradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida «hushidan ketib qoladi».
Diqqat

Reja:



  1. Diqqat haqida tushuncha.

  2. Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyordan so‘nggi diqqat.

  3. Diqqatning xususiyatlari.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin