Eksperiment metodi o‘z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo‘llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta’riflagan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o‘rganishda sinaluvchilar (bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)ning o‘zlari bexabar bo‘lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir
o‘tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |