14.3. Bilish jarayonlarining rivojlanishi
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasav
vur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal
kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi.
Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoq-
lar, rangli kiyimlar, rangli halqalar, qutichalar va shu singari
o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ular
ning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shak-
liga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni
analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega boladilar. Bolalar su
ratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni
tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1
) suratning mazmunini (sujetini) to‘g‘ri idrok qilishga;
2
) suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsa-
larning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga;
259
3)
tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri
idrok qilishga qaratish kerak.
Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya
kattadir. Bog’cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz b o la
di. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib bori-
shi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Olyin paytida bola
lar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum
maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning o‘z
oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Mak
tabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi ko‘rgazmali, obrazli bolishi
bilan xarakterlidir. Bolada ko‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ix
tiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola so‘zlarni hech qanday
ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’siri-
da, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola
ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi.
Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda
saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning o‘sishiga o‘yinlar, turli
mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr
paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu yosh
dagi bolalar yangi so‘zlarni ham, hatto chet tillardagi so‘zlarni
ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson
esda qoldirsalar ham, ular ko‘pining ma’nosiga yaxshi tushun-
maydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Katta
larning vazifasi bolalarning mumkin qadar ko‘proq so‘zlarni va
tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushu-
narli, foydali bolgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan
iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan o‘z o‘yinlarida, rasmla-
rida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu
bilimlar ularning aqliy va axloqiy o‘sishlari uchun xizmat qiladi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha
qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bolsa
ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertak-
260
dan chalg‘iydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyat
ga ega bolgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni
qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi
o'ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha yoshida
gi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchi-
dan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan
ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivoj-
langan bolishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning
erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bolishlaridir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘i-
lishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola
o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahami-
yat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi. Kunlar-
ning birida 7 yoshli Samira shunday savol berdi: «Odam uxlagan-
da ham nafas oladimi?», «Buvijon sizning muchalingiz nima?»
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjub-
lanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tugllishi tufay-
li paydo boladi. Ko‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda
bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, «ko‘p mahmadona bolma»,
«sen bunday gaplarni qayerdan o‘rganding?», deb koyib beradilar.
Natijada bola o‘ksinib, o‘z bilganicha tushunishga harakat qiladi.
Ayrim tortinchoq bolalar esa hech bir savol bermaydilar. Bunday
bolalarga turli mashg‘ulotlar va sayohatlarda kattalarning o‘zlari
ham savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Har qanday tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, ana
liz va sintez qilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu
taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb atay-
miz. Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va
rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohat
larda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar, analiz ham
da sintez qilib ko‘rishga intiladilar. Agar 2 yashar bolaning so‘z
boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bolsa, 3 yashar bola
ning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, 7 yashar bolaning so‘z
261
zaxirasi 4000 taga yetadi. Demak, bog‘cha yoshi davrida bola
ning nutqi ham miqdor, ham sifat jihatidan ancha takomillasha-
di. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi oilaning madaniy
saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
Kattalar bolalar nutqi ni o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar,
bog‘cha yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini
to la idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tash-
qari, bolalarda murakkab nutq tovushlarini bir-biridan farq qilish
qobiliyati ham hali to la takomillashmagan boladi. Tili chuchuk-
likni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to la va
to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.
Respublikamizda B.R.Qodirov rahbarligida D.B.Hakimo-
va tomonidan «5—7 yoshli bolalar bilish jarayonlarini rivojlanishi
ning yosh va jins xususiyatlari» mavzusida tadqiqot olib borilgan1.
D.B.Hakimovaning natijalariga kola, 5 yoshda psixologik belgilar
kuchli namoyon boladi, bir xil psixik belgilar o‘g‘il bolalar va qizlar-
da turli yosh davrlarida, turli darajada namoyon bo‘lishi aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: |