namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlan
tirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz
insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muam-
mosi bilan bog'liq1. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shax
siy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi.
0
‘zbekistonlik psixologlarning
0
‘smirlik davri xususiyatlari
borasidagi tadqiqotlariga e’tiboringizni qaratamiz.
G.B.Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning « 0 ‘smir-
larda qo‘rqinch determinatsiyasi xususiy holatlarining tur
li vaziyatlarda rivojlanishi» mavzusidagi ilmiy ishida mehribon-
lik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi
o‘smirlarda tadqiqot olib borgan bo‘lib, psixik og‘ishish che-
garaviy zonasining uchta, ya’ni dezintegratsiyalashgan, bi
ologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradi
gan qo‘rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan
va o‘z ilmiy izlanishlariga tayangan holda shaxslararo muno-
sabatlar jarayonida emotsional zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan
qo‘rqinchning o‘smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini
ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, qo‘rquv fenomenologiyasi uni
tashkil etuvchi biologik, ijtimoiy va dezintegratsion komponent-
larga bog‘liqdir. Muallif dezintegratsion qo‘rquv deganda o‘smir
emotsional sohasiga jiddiy rezonans olib keluvchi xayoliy sub-
yektiv idrok etilgan xavf-xatarning shaxsda mavjudligini nazarda
tutib, ushbu qo‘rquv biologik hamda ijtimoiy qo‘rquv xususiyat
larini va uning darajalarini aniqlashda sababiy omil hisoblanishi-
ni ta’kidlaydi2. D.R.Rahmonova qo‘rquvning ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini yoritib berar ekan, oiladan tashqaridagi o‘smirlar-
da emotsional namoyon bo‘lishiga hamda shaxsning psixik ho-
latlari ko‘rsatkichlariga ko‘ra oilada tarbiyalanayotgan o‘smir-
Dostları ilə paylaş: