may ishni bajarishgan, ularda reaksiya vaqti va barmoqlarning se-
kin harakatlanishini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi eksperiment
o‘tkazish tartibini murakkablashtirib, mashinistka oldindan o‘qib
olishi mumkin bo‘lgan so‘zlar sonini chegaralaganda, qari mashi-
nistkalarning ish tezligi keskin pasayib ketgan, bu yosh mashi-
nistkalarning ish tezligiga umuman ta’sir qilmagan. Qari mashi-
nistkalar yozish tezligini saqlash uchun tekstni oldindan o‘qib
olib uni xotirada saqlashga harakat qilishgan.
Uzoq muddatli xotirani o‘rganishga bag‘ishlangan test nati-
jalarida yosh farqlari kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qariyalar
so‘zlar qatorini qayta esga tushirishga qaraganda tanishga bo‘lgan
topshiriqlarni yaxshiroq bajarishi aniqlandi (Craik & McDowd,
1987). Ular materialni xotirada saqlash uchun ko‘proq tanlovchan-
likni namoyon qiladi. Qariyalarda foydasiz so‘zlar ro‘yxatini eslab
qolish ichki isyonni keltirib chiqaradi. Shu bilan bogliq ravishda
ma’nosiz so‘zlarni eslab qolishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ular
quyi natijalarni namoyon etishgan, ma’noli so‘zlarni, qiziqar
li iboralarni eslashda keksalar yoshlarga qaraganda yaxshi natija
ko'rsatishgan (Meyer, 1987).
Shunday qilib, qator olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot-
lardan ma’lum bolishicha, qariyalar ular uchun muhim hisoblan-
gan va hayotda kerak boladi, deb o‘ylangan materialni yaxshiroq
eslab qoladilar.
Uchlamchi xotira bu ilgari bolib olgan voqeani eslashdir.
Xotiraning bu turi keksalarda toliq eslab qolinadi.
19.3. Keksalik va keksayish nazariyalari
Keksalikni o‘rganish bo‘yicha bir necha nazariyalar mavjud.
Har bir nazariya asosida keksalikni qanday tushunish yotadi.
Dostları ilə paylaş: