Qarilik kognitiv muammo sifatida.
Bu
yondashuv asosida kek-
salarda intellektual va emotsional qobiliyatlarning pasayishi yoki
yo‘qotilishi jarayoni yotadi. «Foydalanmaslik» nazariyasiga ko‘ra
intellektual ko‘nikmalar yetarlicha foydalanmaslik natijasida kek-
salarda yomonlashadi. Kognitiv nazariyaning boshqa variantida
keksa inson o‘zidagi o‘zgarishlarni qanday talqin qilishiga bogiiq-
ligi nazarda tutiladi. Bunda uch soha asosiy rol o‘ynaydi: shax
siy kechinmalar (sog‘liqning yomonlashuvi, jozibadorlikning ka-
mayishi), ijtimoiy mavqe xususiyatlari (kirishimlilik,
integratsiya
yoki ajralib qolish), shaxsiy hayotining tugayotganligini anglash.
Keksayishning kompleks nazariyalari.
Kompleks nazariyalar
keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi
chiqadi. Keksayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro
biologik,
ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogliqdir. Har bir inson-
ga o‘ziga xos keksayish yo‘li xos. Dj.Terner, D.Xelms1 uch o‘zaro
bog‘liq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar:
Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday
tasavvur qiladi
va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o‘zini
taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda boladi.
Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarish-
larning sodir bolishi.
Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy
rollarni bajarish bilan qanday boglaydi?
19.4. Keksalikning yosh chegaralari muammosi
Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsifla-
shadi, lekin ko'pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi si
fatida e’tirof etishadi. Misol sifatida
bir necha olimlarning qa-
rashlarini keltiramiz:
Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 — qarilik, 75-100
yosh keksalik.
Dostları ilə paylaş: