Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Bolalar rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishning



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

8.4. Bolalar rivojlanish taraqqiyotini o‘rganishning
diadik tamoyili
Ijtimoiy o‘rgatish yo‘nalishining boshqa vakili R.Sirs ota-ona 
va farzand munosabatlarini o‘rgangan. R.Sirs ilk bolalik davrida- 
gi har bir bola xulq-atvorini ona va bola xulq-atvori birligini ifo- 
dalovchi o‘ziga xos diadik birlik ichida keluvchi davr sifatida 
ko‘rib chiqishni muhim deb hisoblagan. U bolaning rivojlanishi- 
ga ota-onaning ta’sirini amalga oshiruvchi vosita bo‘lgan mexa- 
nizmni tushuntirish uchun o‘rgatish nazariyasi doirasida psixo- 
analitik atamalarni yengish, regressiya, identifikatsiya qo‘llagan. 
R.Sirs tomonidan bolaning rivojlanishida xulq-atvorning umumiy 
motivatsiyasi xarakteriga ko‘ra farqlanuvchi uchta yoshga bog‘liq 
faza ajratilgan. R.Sirs bo‘yicha xulq-atvor shakllanishi motivat­
siyasi hayoti davomida orttirilgan hosil bo'lgan ehtiyojlar—tobe- 
lik yoki qaramlik bevosita bog‘liqlikda bo‘ladi. Boshlang‘ich faza- 
da bola o‘zining organik sezgisiga yuklangan va autik bo‘lgan. 
Biologik ehtiyojlarni qondirilishi, ochlik va chanqovni qondir- 
moq, sovuqlik va og‘riqdan xalos bo‘lish onaning harakatlari bi­
lan bolani bog'laydi, bu birinchi o‘rgatish tajribasini tashkil etadi. 
Bunday tarzda onaga tobelik bog‘liqlik tug'iladi. Bola ijtimoiy- 
lashuvni boshlanishi diadik o‘zaro ta’sirni ortganligini unga kim 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan bo‘lsa ular bilan birlamchi harakati- 
ni ko‘rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolaga birmuncha darajada 
yetukroq xulq-atvorni shakllantirishga yordam berib, quvvatlash- 
ning asosiy vakili sifatida namoyon bo‘luvchi ona-ota, oilaning 
boshqa a’zolari muhim ta’sir ko‘rsatadi. Bola o‘quvchi oila a’zola- 
ridan kamroq darajada qaram bo‘ladi. Shu o‘rinda uni o‘qituvchi 
tengqurlari do'stlaridan qaramligi ortadi. Tobe qaram xulq-at- 
vorning xarakterli shakllari ilk bolalik davrida shakllanadi, ular 
ba’zan hayot davomida o‘rganiladi, mustahkamlanadi va saqlab
146


qo‘yiladi. Ular orasida diqqat bilan qidirish, sening ish va yu- 
mushlaringda boshqa insonning ishtirokini ta’minlashga intilish, 
yordam so‘rab murojaat qilish, silash, ushlab turish va fazoviy 
yonida bo‘lish yaqinlikka intilish va boshqalarni kiritish mum­
kin. Juda kuchsiz qaramlik adekvat ijtimoiy xulq-atvorni shakl­
lantirish uchun zarur bolgan motivatsion bazalarni ta’minlay ol- 
masa, juda kuchli qarshilik esa individni shaxsiy motivatsiyasiga 
o‘tishga, mustaqil, erkin bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Ota-onalar- 
ning bola bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lish uslubi rag‘batlantirish va ja­
zolash nuqtayi nazari bilan uyg‘unlashgan, juda chuqur o‘ylan- 
gan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, Dj.Gevirts yetuklik va go‘daklik yoshidagilar- 
ning ijtimoiy motivatsiyasi va qaramligini yuzaga kelish shart- 
larini o‘rgangan. Uning yondashuvini yangiligi shundaki, un- 
da bolaning xulq-atvori ota-ona xulq-atvoriga quvvatlovchi ta’sir 
manbasi sifatida talqin qilingan. Ota-ona rag'batlantirish va ja­
zolash tizimlarini qollagan holda o‘z farzandining xulq-atvorini 
shakllantiradi, lekin bola hatto go‘dak chaqaloq ham jilmayish, 
kulish, yiglash vokalizatsiyani namoyish etib, ota-onasida tur­
li xil ko‘rinishdagi xulq-atvorini shakllantirishi va nazorat qilishi 
mumkin. R.Sirsning ota-ona va farzand munosabatini asosi sifa- 
tidagi diadik tamoyili haqidagi g‘oyalari keyinchalik qayta ishlab 
chiqilgan. Ijtimoiy xulq-atvor har qanday xulq-atvorning umumiy 
qonuniyatlariga bo‘ysunadi, biroq muhitning stimulli qo‘zg‘atuv- 
chi, rag‘batlantiruvchi ta’siri boshqa odamlar xulq-atvori bilan 
asoslanadi. Dj.Gevirts aniq bir bola uchun u yoki bu stimullar- 
ning ta’sirchanligi xususidagi masalani alohida ta’kidlaydi. Bola­
ning individual rivojlanishida aynan bir xil stimullar ham turli 
qo‘zg‘atuvchi kuchga ega bolishi mumkin. Ijtimoiy-motivatsion 
rolni bajarish uchun stimulyatsiya qo‘zg‘atuvchi rag‘bat ahami­
yatli funksional bolishi kerak. Muntazam ravishdagi tanbeh, 
pand-nasihat bolaning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmay qo‘yadi.
1. 
Bolaning psixologik tabiati haqidagi tasavvurlarning o‘zga- 
rishi. Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida amerika psixo-
147


logiyasida rivojlanish asta-sekin bolaning psixologik tabiati ha- 
qidagi tasavvurlarga o‘zgaradi. Bola nafaqat o‘z atrofidagilarning 
ta’sirini his qiluvchi, balki o‘zi ham ularga ta’sir ko‘rsatuvchi, 
ya’ni o‘zaro aloqa bo‘yicha hamkor subyekt sifatida faol mavjudot 
sifatida ko‘rib chiqila boshlandi. Yangi yondashuvning ayrim ji- 
hatlari A.Bandura va Dj.Gevirts g'oyalarida ifodalandi, chunon- 
chi, masalan, hayotning ilk bosqichlarini mustaqil ravishda ku- 
zatish orqali o‘rgatish haqiqiy amaliyligini, xulq-atvor harakatlari 
tuzilishida ichki kognitiv o‘zgaruvchilarni ajratishni, ichki quv- 
vatlovchi javoblar ahamiyatini e’tirof etgan XX asrning 70-yillari 
o‘rtalariga kelib, psixika ontogenezini tadqiq qilish uchun ijti- 
moiy o‘rgatish nazariyasi va manipulyativ eksperiment metodida- 
gi asosiy qiyinchilik yo‘nalishning o‘zini ichida aniq bo‘ldi:
— ma’lumotlar aniqligi va to‘g‘riligiga urinishda qidiruv eks- 
perimentidan voz kechish yuz berdi, eksperimental metod o‘z- 
o‘zidan ma’lum bo‘lgan faraz bilan laboratoriya testlariga mu- 
voflqlashtirishdi;
— ko‘pincha laboratoriya eksperimenti sun’iy xarakter kasb et­
gan real hayotiy muammolardan ajratib olingan va bolaning psi- 
xik rivojlanish jarayonlarini tushunish uchun yaroqsiz amaliyot 
talablariga javob bera olmaydi;
— tadqiqot natijalari yoshga bog‘liq tafovutlar va kishilar xa- 
raktekistikalarini qayd etishni o‘zida namoyon etgan, lekin ular- 
ning yordami bilan rivojlanish sabablarini va shartlarini aniqlab 
bo‘lmagan — ko‘p takrorlanuvchi empirik ma’lumotlarda tu- 
shunchani umumlashtiruvchilari kam sonli va kuchsiz edi;
— kattalar va bolalar, hayvonlar va insonlar psixik faoliyati- 
ning umumiy mexanizmlari mavjudligiga uqtirish insonning on- 
togenetik rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarning haqiqiy im- 
koniyatlarini tizimli ravishda pasayishiga olib keldi.
Ma’lum qilinishicha, rivojlanish psixologiyasi «imkon qadar 
qisqa oraliq vaqt mobaynida qiziq bir inson bilan ajoyib o'zaro 
ta’sir vaziyatida bolaning g‘alati xulq-atvori haqidagi fan» isteh- 
zoli bo‘lish kerak emas deb uni U.Bronfenbrenner ta’riflagan.
148


Ushbu qarama-qarshiliklarni anglash rivojlanishning amerika 
psixologiyasida yangi tendensiya (g£oya) tabiiy tadqiqot g‘oyasi- 
ni tug‘ilishiga bolaning psixik rivojlanishi tuzilishidagi aksent- 
lar aralashuviga olib keladi. XX asrning 80-yillari boshida ilmiy 
tadqiqotning majburiy xarakteristikalaridan biri ekologik valid- 
lik talabi bo‘lgan. Ekologik validlik kundalik hayotdagi vaziyat­
lar xususiyati sinaluvchilarni tadqiqot vaziyatda qurshab turuvchi 
shart-sharoitlar muvofiqligi sifatida muhokama qilinadi. Tad- 
qiqotchining dolzarb shiori bolaning bilish jarayonlari va har 
qanday faolligini bu uning tabiiy maqsadga yo‘naltirilgan faoli- 
yatida qanday o‘rin egallasa shunday ko‘rinishda o‘rganish ke­
rak, eksperimental tadqiqot o‘tkazishga yangi talablar ilgari suril- 
gan edi: sinaluvchiga ko‘rsatmani maishiy (kundalik) tilda taqdim 
qilish eksperimentator faolligini cheklash, sinaluvchini diqqat 
bilan kuzatishi va uning hal etish strategiyasini qayd qilib bo­
rish o‘zgarishlarni aniqlash o£rgatuvchi eksperimental tadqiqot- 
lar qollanilishidan voz kechish real hayotda aynan shu metod va 
mexanizmlar qo‘llanilishiga kim kafolat beradi.
Ijtimoiy-madaniy yondashuv. Insoniyat taraqqiyotini tushu- 
nishga ekologik yondashuvda bu o‘zgarishlar birmuncha dara­
jada yaqqolroq ko£zga tashlanadi. U.Bronfenbrenner, D.Kyun, 
Dj.Vulvili, R.Makkol bolaning hayotini yaqin oilaviy qurshovdan 
boshlab, ijtimoiy, tarixiy kontekstgacha o‘z ichiga oluvchi re­
al sharoitlarida uning kundalik xulq-atvorini o‘ziga xos xususi­
yatlarini diqqat bilan tadqiq qilish zaruriyatiga e’tiborini qarata- 
di. Analizga ekologik ahamiyatli o'zgaruvchilar sifatida bolaning 
barcha hayotiy jabhalari kiritiladi uy, oila, sinf, transport, ijti­
moiy rollar va funksiyalar. qiz, opa, o'quvchi xulq-atvor faolligi­
ni xarakteristikasi davomiylik, zo‘riqish. U.Bronfenbrennerning 
ekologik tizim modeli keng mashhurlikka ega bo'ldi. Ular tomo­
nidan bolaning rivojlanishi dinamik jarayon sifatida ko‘rib chi­
qiladi, bir tomondan ko‘p darajali hayotiy muhit o£sib ulg‘ayuv- 
chi individga ta’sir ko£rsatadi va boshqa tomondan uning o‘zi 
faol ravishda uni qaytadan tuzadi. U.Bronfenbrenner bolaning
149


hayotiy muhitini to‘rt darajasini ajratgan. Hayotiy muhitning 
mikrodarajasi individni uning yaqin atrofidagilar bilan o‘zaro 
ta’sirini oila, bog‘cha, xarakterli bo‘lgan mashg‘ulotlar va ijti­
moiy rollarni o‘z ichiga oladi. Mezodaraja yoki mezotizim ik­
kita yoki undan ko‘p mikrotizimlar o‘rtasida rasmiy yoki no- 
rasmiy aloqalar yuzaga kelganda hosil bo‘ladi, masalan, oila va 
maktab oila va tengdoshlar guruhi o‘rtasida. Ekzodaraja indi­
vid tajribasi bilan bevosita bogliq bo‘lmagan, lekin unga bil- 
vosita ta’sir ko‘rsatuvchi keng ijtimoiy muhitni qamrab oladi. 
Ota-onaning bandlik xarakteri, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, 
oilaviy axborot vositalarining roli va nihoyat makrodaraja yoki 
makrotizim qadriyatlar, an’ana odatlar, qonunlar hukumat das- 
turlarining madaniy va tarixiy kontekstini hosil qiladi. U.Bron- 
fenbrennerning fikriga kola, bu barcha quyi darajalarga mu­
him ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotchilarning ko‘proq e’tiborini jalb 
qiladigan hayotiy yo‘1 insonning rivojlanish g‘oyasini laboratori- 
yaning nazorat qilinuvchi sharoitlarida olganib bolmaydi. Na- 
faqat oldindan aytish mumkin bolgan yoshga bogliq o‘zgarish- 
larni, balki har bir yoshga bogliq o‘zgarishlarni, balki har bir 
avlod uchun keng madaniy va tarixiy omillarni hisobga olish- 
ni talab qiladi. P.Baltes 3 turdagi omillarni ajratgan. 1. Yosh­
ga bogliq me’yorlar. 2. Tarixiy me’yoriy. 3. Me’yoriy bolm a­
gan omillar. Yoshga bogliq me’yoriy omillar bu aytish mumkin 
bolgan yoshdagi o‘zgarishlarda biologik tishlarni yorib chiqi­
shi, jinsiy yetilishi (menopauza va b.) va ijtimoiy (maktabga chi- 
qish, harbiy xizmatga chaqiruv, nafaqaga chiqish va boshqalar) 
sodir boladi. Tarixiy me’yoriy omillar — bu butun yosh davri 
kategoriyalariga (qatoriga) u yoki bu tarzda ta’sir ko‘rsatadigan 
global (dolzarb) mashtabdagi tarixiy hodisalardir (urush, siyosiy 
va iqtisodiy tarzda o‘zgarishi, epidemiya). Me’yoriy bolmagan 
omillar — hayotning aniq bir vaqti bilan bogliq bolmagan, le­
kin uni bazan keskin (birdan) o‘zgartirishga qodir bolgan, shaxs 
hodisalarini aks ettiradi (kasallik, jarohat, muhim inson bilan 
uchrashuv ajrashish va boshqalar). Aslida vaziyat bundanda mu-
150


rakkab chunki, ajratilgan omillar ta’siri bir qator boshqa xususi- 
yatlar, xususan jins, yosh, irq, ijtimoiy mansubligi. So‘z inson 
hayot yo‘liga bu omillarning murakkab qorishgan ta’siri haqi- 
da bermoqda.
Shunday qilib, biz inson psixik rivojlanishini aniqlovchi 
omillar muammosiga asosiy e’tiborni qaratib, O.Uotsonning 
klassik bexiviorizm nazariyasi, B.Skinnerning operant o‘rga- 
tish nazariyasi, A.Banduraning ijtimoiy kognitiv nazariyasi va 
U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida rivojla­
nish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini ku- 
zatdik.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin