22.3. Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri
Shaxs tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan o‘ziga xos mikroja-
moalardan biri oiladir. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotir-
lanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha,
kirisha olmaslik va sovuqlik — bu xislatlarning barini shaxs oila
da egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqquncha shakllanadi
va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan
onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi.
Rus psixologi R.S.Nemov oila a’zolari orasidagi munosabat-
larni to‘rtga ajratadi. Ular psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy va
madaniy1. Psixofiziologik munosabatlarga — biologik qarindoshlik
va jinsiy munosabatlar kiradi. Psixologik munosabatlar — ochiq-
lik, ishonch, bir-biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro axlo
qiy va hissiy qollab-quvvatlash. Ijtimoiy munosabatlar, rollarning
taqsimlanishi, oilaning moddiy tomondan bogliqligi, shuning
dek, mavqeli munosabatlarni - avtoritet, rahbar, bo‘ysunishni o‘z
ichiga oladi. Madaniy munosabatlar — urf-odat va an’analar bi
lan bog‘liq oila ichidagi bog'lanish va munosabatlarni o‘z ichiga
oladi. Bu murakkab munosabatlar tizimi farzandlarning oiladagi
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oiladagi ijtimoiy-psixo-
logik omillarga to‘xtalib o‘tamiz. Birgalikdagi hayot turmush
o‘rtoqlardan doimiy kelishuvga tayyorlikni talab etadi, bunda tur
mush o‘rtog‘ining qiziqishlari va ehtiyojlari bilan hisoblashish,
bir-birini hurmat qilish, bir-biriga ishonish, bir-birini tushunish-
ga harakat qilish lozim bo‘ladi.
Bolani tarbiyalashga ta’sir etuvchi salbiy omillar qatoriga oila
ichidagi munosabatlar odobining er-xotinlar tomonidan doimiy
buzilishi, o‘zaro ishonch, e’tibor, g‘amxo‘rlik, hurmat, psixologik
qo‘llab-quvvatlash va qollab-quvvatlashning mavjud emasligini
ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha bunday salbiy anomaliyalarga er,
Dostları ilə paylaş: