Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Немов P.C. Психология. Книга 2. Психология образования. —М



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Немов P.C. Психология. Книга 2. Психология образования. —М.:
ВЛДДОС. 2003. С.403.
519


xotin, beka, oila boshlig‘i kabi oilaviy rollarning bir xil tushunil- 
masligi, er-xotinlarning bir-biriga yuqori talablar qo‘yishi sabab 
bo‘Iishi mumkin.
Bola tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni amalda bartaraf 
etish uchun er-xotin orasidagi o‘zaro munosabatlar quyidagi aso­
siy tamoyillar asosida qurilishi lozim:
1. Turmush o‘rtog‘ingizni o‘zingizga yoqadigan qilib qayta 
o‘zgartirish vazifasini qo‘ymang. Uni shaxs sifatida tushunishga, 
voqelikka uning ko‘zi bilan qarashga, odatiy bo‘lmagan, o‘rganil- 
magan, lekin bola tarbiyasida muhim bo‘lmagan jihatlar bo'yicha 
aqlli kelishuvni amalga oshiring.
2. Fikrlarda, qarashlarda, ayniqsa tarbiya masalalari bo‘yicha 
umumiylikni barcha iloji bor usullar bilan mustahkamlashga ha­
rakat qiling.
3. Oila qurgan insonlar shaxs sifatida shakllanib bo‘lganligi 
uchun qarashlarda farqlar yuzaga kelganda nizolashishgacha olib 
bormaslik lozim.
4. 0 ‘z xatolaringizni ochiq tan olishga, haqligingizdan shub- 
halanishga uyalmang.
5. Turmush o‘rtog‘ingizga tanqidiy munosabatda bo‘lishdan ol- 
din, o‘zingizga ham tanqidiy munosabatda boling. Buning uchun 
har doim ko‘p asoslar topilishi mumkin.
6
. Turmush o‘rtog‘ingizda ayrim kamchiliklar, masalan, sal- 
biy xarakter xislatlari paydo bo‘lsa, normal holat deb qabul qilish 
lozim. Barchada kamchilik bor, beayb parvardigor.
Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-ona- 
lar turli tarbiya vositalaridan fodalanishadi: bolani rag‘batlantiri- 
shadi, jazolashadi, uning uchun namuna bo‘lishga harakat qili- 
shadi. Do‘stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq va sovuq 
ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta’sirliroqdir. Jazolash 
va taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga 
bolani shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir qilish mumkin.
Bolani boshqa yo‘1 bilan amalda o‘zgartirib bolmaganida ja- 
zolashdan ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehti-
520


yoj tug‘ilsa, uning tarbiyaviy ta’sirini oshirish uchun iloji bori- 
cha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash 
adolatli, lekin juda shafqatsiz bo‘lmasligi lozim. Juda qattiq ja­
zolash bolada qo‘rquv paydo qilishi mumkin. Bolaning qilgan 
xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali bo‘ladi. 
Ko‘proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoq- 
lashadi, emotsional befarq bo‘lib qoladi hamda yuqori agressivlik- 
ni namoyon etadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin