Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

S. Xollning rekapitulyatsiya nazariyasi
Tadqiqotning asosiy pred­
m eti
Bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarini 
izlash
Tadqiqot m etodlari
Anketa, dastlabki odam lar va bola­
lar rasm larini taqqoslash, 
o‘yin va 
qo‘rquvlar tahlili
56


Asosiy tushunchalar
0 ‘yin, rekapitulyatsiya, ontogenez, filo- 
genez, pedologiya
Asosiy g‘oyalar
Bola 
psixik 
taraqqiyotida 
insoniyat 
sotsiogenezi qisqacha takrorlanadi; ge- 
netik ketm a-ketlikda bolalar xulq-atvori 
bosqichlari ajratilgan
Rivojlanish om illari
Biologik om il, instinktlarning yetilishi
Tanqid yo‘nalishi
Tadqiqot 
m etodining 
introspeksiyaga 
yaqinligi, o'xshashlikning yuzakiligi, af- 
sonaviylik, haddan tashqari keng um um - 
lashtirish
Afzalligi
Insoniyat 
taraqqiyotining 
individual 
va tarixiy taraqqiyoti m uam m osining 
qo‘yilishi — bolalar psixik taraqqiyoti 
haqida dastlabki m ashg‘u r nazariyaning 
yaratilishi
Shuningdek, E.Xoll pedalogiya — bola haqidagi maxsus fan 
yaratish g‘oyasini ham ilgari surgan. Bunda bola haqidagi boshqa 
fanlarning ham bilimlari (pedagogika, tibbiyot, biologiya, sotsi- 
ologiya va b.) bir joyga to‘plashga harakat qilingan. E.Xoll naza- 
riyasi dastlabki bolalar rivojlanishi konsepsiyasi sifatida mashhur 
b oldi, boshqa tadqiqotchilarda ham keng qiziqish uyg‘otdi.
3.3. XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Rossiyada yosh
psixologiyasining shakllanish tarixi
Rossiyada yosh va pedagogik psixologiyaning shakllanish tarixi 
XIX asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Rossiyada inqilob- 
gacha bolgan davrda madaniyat gumanizm, shaxs va bolaning 
ichki dunyosiga qiziqish g‘oyasiga asoslangan edi. Buni L.N.Tol- 
stoyning «Bolalik», « 0 ‘smirlik», « 0 ‘spirinlik» asarlarida ko‘rish 
mumkin. XIX asrning 60-yillarida siyosiy va iqtisodiy islohotlar 
natijasida madaniy va ilmiy sohalarga qiziqish ortdi hamda ular­
ni rivojlantirishga ehtiyoj tuglldi. Rossiya psixologiyasining do- 
imiy e’tiborida shaxsning odob axloq me’yorlari sohasining rivoj­
lanishi turardi.
57


Bu davr olimlari N.I.Pirogov, K.D.Ushinskiy, P.D.Yurkevich, 
N.X.Vessel bola shaxsining o‘rganilishi va rivojlanishini fanlar- 
aro kompleks (psixologik, fiziologik, tibbiy va boshqalar) tarzda 
o‘rganish lozimligi muammosini ilgari surganlar. N.I.Pirogov bi­
rinchi b o lib tarbiyaning amaliy emas, falsafiy ahamiyatga egali- 
gi, inson ruhini tarbiyalash muhimligini e’tirof etgan. U bolalar 
psixologiyasini o‘rganishni, tushunishni o‘ziga xosligini o'rganish 
shartligini ta’kidlagan. Bolalik o‘z qonunlariga ega va ularni hur- 
mat qilish kerak: «Agar bolalar jamiyat qonun-qoidalarini bu- 
zish huquqiga ega bolm asalar, bizning ham o‘z navbatida bolalar 
dunyosining qonunlarini buzishga haqqimiz yo‘q». Shu orqa- 
li bolalar psixologiyasini o‘rganish, bolalarning yoshga bogliq 
xususiyatlari, ularni aniqlash, ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish 
muammosiga katta turtki bo‘ldi.
Bu davrda yosh va pedagogik psixologiya o‘rganilishi shart 
bolgan o‘z muammosiga ega, mustaqil fan sifatida o‘rganiladi- 
gan, ilmiy ahamiyat kasb etuvchi fan sifatida shakllandi. Uning 
muhim yo‘nalishlariga: umumiy qonuniyatlarni o‘rganish, bolalar 
rivojlanishining individual xususiyatlaridagi farqlar, bolalar tar- 
biyasidagi dastlabki shart-sharoitlar, bilish jarayonlari metodla- 
rini ishlab chiqish, bolalar psixikasidagi o‘ziga xosliklarni o‘rga- 
nish kiradi.
XIX 
asrning 70—80-yillariga kelib, tadqiqotning ikki yo‘nali- 
shi: ota-onalarning o‘z bolalarini kuzatishi (bolalar rivojlanishi­
ni kundaliklarga qayd etish) va olimlar tomonidan bolalar rivoj­
lanishini (ma’lum bir dasturga tayanib) o‘rganish vujudga keldi. 
Bolalarning psixologik va fiziologik rivojlanishi, aqliy mehnat 
qilishning zaruriy shart-sharoitlari va bilish faoliyatlari rivojlani­
shi, xulq-atvor me’yorlarining o‘zlashtirilishi kabilar tadqiq etil- 
di (P.F.Kapterev, P.F.Lesgaft, I.A.Sikorskiy, N.N.Lange kabilar- 
ning ishlarida kuzatiladi).
Bolalar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganish ja­
rayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, 
xayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruv-
58


chi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasi- 
ning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojla­
nishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik 
rivojlanishini o‘rganish natijasida yig‘ilgan (I.Starkov). 0 ‘g‘il 
bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi ta- 
vofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy).
Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini 
inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqozo etdi va psixo­
logiya sohasiga eksperiment metodining kirib kelishiga stimul 
bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni 
birinchi bolib 1879-yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan 
foydalanish ilm-fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880-yil- 
lar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan 
so£ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega 
boldi.
Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati kat­
ta. P.F.Kapterevning fikricha, «Hozirgi zamonda rivojlanish 
tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har 
bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni ke­
lib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea-hodisani chuqur 
o'rganib bolmaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham xuddi shun- 
day qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatish, 
imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojla­
nish tarixini yaxshi bilish zarur».
Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlani­
shi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javob topdi. Bolalar rivoj­
lanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq 
dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, 
umumiy qonuniyatlarini o'rganish savoli ilgari suriladi.
Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy 
qoidalar shakllantirildi:
— 
Rivojlanish bosqichma-bosqich va izchil davom etadi. 
Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tu-
59


tadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va 
to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi.
— Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik 
mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy 
sifatlar o'rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va 
ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos 
bo‘ladi.
— Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik 
faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar 
emas va ishlash tezligi va tempi ham bir xil emas.
— Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga 
ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin.
— Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mum­
kin.
— Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz 
qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga 
tayangan bo‘lishi lozim.
— Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtir- 
maslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini 
bosib o‘tish imkonini yaratish zarur.
Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni 
parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tar­
biyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish 
borasida ma’lumotlar beruvchi qoMlanmalar ishlab chiqildi.
XIX asrning oxiriga kelib psixologlar va pedagoglar o‘z uri- 
nishlarini birlashtirib, amaliy maktab hayotiga tatbiq etdilar. «Bi- 
rinchilar (psixologlar) tadqiqot o‘tkazish uchun ma’lumotlar ye- 
tarli bo‘lmasa ham, tadqiqot o‘tkazish uchun zarur bolgan nozik 
metodlarga ega; ikkinchilar esa ma’lumotlar bazasiga egalar, le­
kin ularni to‘liq anglash, tadqiq etish va baholash imkoniyati- 
ga ega emaslar», — A.R Nechayev ta’kidlagan va pedagog hamda 
psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ma’qullagan.
XX asr boshlarida rus yosh va pedagogik psixologiyasi, bu- 
tun dunyo psixologiya fanlari bilan yaqin aloqaga kirishdi. Rus
60


olimlari uzluksiz G ‘arb mamlakatlaridagi bo‘layotgan yangi- 
liklarni kuzatib va o‘rganib bordilar, o‘z eksperimental mahorat- 
larini xorij laboratioriyalarida oshirib bordilar, ko‘pgina ilmiy 
ishlar rus tiliga tarjima qilindi va rus jurnallarida bosib chiqaril- 
di. 0 ‘z navbatida ms psixologlarining tadqiqotlari, kuzatishlari 
xorij jurnallarida ham nashr etildi. Masalan, I.A. Sikorskiy, A.P. 
Nechayev va boshqalarning ishlari keng ommalashdi. Rus psi- 
xologlari butun dunyo olimlarini qiziqtirayotgan muammolar yu- 
zasidan o‘z izlanishlarini olib bordilar.
XX 
asr boshlarida yosh psixologiyasi fanining rivojlanishi 
muammosi ilmiy asoslarga tayangan holda olib borildi. Bu so- 
hadagi tadqiqotlar rus pedagogik psixologiyasida yetakchi o‘rinni 
egalladi. Bu muammoni o‘rganishga turli soha mutaxassislari, eng 
kuchli nazariy bilim sohiblari, xususan, V.M.Bexterev, P.F.Les- 
gaft, I.P.Pavlov va boshqalar. Muammoni nazariy va amaliy jihat­
dan o‘rganish uchun kuchli psixologlar jamoasi shakllandi. Ular 
qatoriga P.P. Blonskiy, P.F. Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N.Lange, 
A.P.Nechaev, S.L. Rubinshteyn, N.E. Rumyansev, I.A. Sikorskiy, 
G.I. Chelpanov va boshqalar.
Ularning tashabbusi bilan maxsus kadrlarni tayyorlovchi, il­
miy tadqiqot ishlari olib boruvchi ilmiy markazlar tashkil etildi. 
Jadal nazariy va amaliy, metodologik, ilmiy faoliyatlar olib bo­
rish ishlari boshlandi. Ba’zi ta’lim muassasalarida bolalar rivoj­
lanishini o‘rganishga yordam beruvchi laboratoriyalar, to‘garak- 
lar, alohida xonalar tashkil etildi.
Nashriyotchilik ishlariga asos solindi. XX asrda yosh va peda­
gogik psixologiya sohasida nashrlar soni ortdi. Bolalar va peda­
gogik psixologiya fanlariga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va 
konferensiyalar tashkil etildi. Ilmiy va ijodiy izlanishlar natijasi- 
da nazariy va obyektiv metodikalar yordamida olingan amaliy 
ma’lumotlar to‘plandi.
Yosh va pedagogik psixologiya fanlararo tizimda mustaqil 
fan sohasi bo‘lib shakllandi va o‘zining ilmiy tadqiqot metod- 
lariga ega bo‘ldi. Bir qator ilmiy tadqiqot metodlari shakllan-
61


tirildi. Kuzatish metodi natijasida olingan ma’lumotlar «kun- 
dalik»ka qayd etildi, bolaning rivojlanishini kuzatish borasida 
maxsus dastur va reja tuziladi. Eksperiment metodi amaliy em- 
pirik tadqiqotlarga asoslanadi. Tabiiy eksperiment aynan bola­
lar psixologiyasini o‘rganish uchun mo'ljallangan (A.F.Lazur- 
skiy). Test metodi ham keng muhokamaga qo‘yildi va boshqa 
metodlarni ham ishlab chiqila boshladi. Bolalarning psixologik 
xususiyatlari haqida ularning chizgan rasmlari orqali ega bo'lish 
imkonini berdi.
Bu davrning asosiy tadqiqotlari yo‘nalishlari — har tomonla­
ma yetuk va barkamol shaxsni shakllanish bosqichlari va muta- 
xassislarni o‘qitish tizimini takomillashtirishdan iborat edi.
XIX—XX asrlarda yosh psixologiyasi haqida olingan qisqacha 
ma’lumotlardan shuni anglash mumkinki, rus psixologiyasida 
rivojlanish muammosiga ilmiy va ijtimoiy tarafdan kuchli qiziqish 
mavjud bo‘lgan.
Yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik 
muammolari yirik olimlar, faylasuf va yozuvchilarni ham mun- 
tazam jalb etib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik maz- 
mundagi asarlar XVII—XVIII asrlarda diniy-axloqiy ta’limotlar 
zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari 
Sharq va G ‘arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog'liq 
turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, 
N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari 
ham psixik taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivoj- 
lanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir.
Rus tarixchisi V.N.Tatishevning «Fanlar va bilim yurtlarining 
foydasi to‘g‘risida suhbat» kitobida fanlarning tasnifi, bilimlar- 
ning ahamiyati, til va nutqning mavqeyi, yosh davrlarining xu­
susiyatlari bilan bog'liqligi ko‘rsatilgan.
A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik taraqqiyotini ta- 
biiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning «Peterburgdan 
Moskvaga sayohat» kitobi bu borada pedagogik-psixologik asarlar 
sirasidan munosib o‘rin egallaydi. Yozuvchining fikricha, inson
62


tashqi muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok etadi, 
shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi.
N.I.Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bola­
lar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot etish uchun ularni 
o'ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlari­
da insonning kamoloti uchun tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u 
va taqlidchanlik alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologi­
ya fanining rivojlanish tarixida K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida 
ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, psixologiya fanining asosiy 
vazifasi tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalari­
ni to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va usullar yara- 
tishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda mu­
him o‘rin tutadi. K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmetidir» 
asarida pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik 
xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z aksini topgan.
Shuningdek, Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirish- 
da N.F.Kapterev, N. A. Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, 
P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olim- 
lar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, 
A.R.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan 
yangi ilmiy nazariyalar, chunonchi psixikaning madaniy-tarixiy 
rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat nazariyasi, psixik 
taraqqiyotda faoliyatning mavqeyi singari ilmiy-nazariy qarash- 
lari hozirgi kun yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologi­
ya fanining tayanch tushunchalaridandir.
0
‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar, 
qarashlar, o‘quv faoliyati va ta’limning talqinlari (D.N.Bog‘oyav- 
lenskiy, 
N.A.Menchinskaya, 
P.Ya.Galperin, 
Z.I.Kalmikova, 
N.F.Talizina, D.B.Elkonin W.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, 
A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat pedagogik 
tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy 
boyitishga asos bo‘ldi.
63


Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirish- 
ning 
mexanizmlari 
(S.L.Rubinshteyn, 
N.Kabanova-Meller, 
L.B.Itelson); xotira haqida (RI.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya. 
Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, A.M.Matyushkin); idrok 
(Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisi- 
na, A.A.Venger); shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojo- 
vich, Y.S.Muxina); muloqot va nutq (V.A.Artemov, A.A.Leon- 
tev, V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (RRBlonskiy, 
L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Elkonin, B.G.Ananev, A.V.Pet- 
rovskiy); o‘quvchilarning aqliy faoliyati va iste’dod muammo- 
lari (A.A.Bodalev, N.S.Leytes, N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy)ga 
bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojla­
nishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.
XIX 
asr oxiri va XX asr boshlarida G ‘arbiy Yevropa mam- 
lakatlari va AQSHda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq 
tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga kel­
di. Odam psixik tabiatining turlicha talqin qilinishiga qaramay, 
bu nazariyalar ma’lum darajada yosh davrlar psixologiyasi va pe­
dagogik psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu bora- 
da E.Meyerman, S.Xoll, K.Byuler, E.Klapared, E.Dyurkgeym, 
P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tad- 
qiqotlarini e’tirof etish mumkin.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida unga ta’sir 
ko‘rsatib kelgan barcha nazariyalar, ilmiy va amaliy ma’lumot­
lar, yo‘nalishlar hozirgi kunga qadar o‘zining ahamiyatini saqlab 
kelmoqda va fanning istiqbolida muhim ilmiy-nazariy manba hi- 
soblanib qolishi, tabiiydir.
Amerikalik psixolog-olim S.Xoll har qanday bola o‘zining in­
dividual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu 
bois bolalarga ibtidoiy instinktlarni og'riqsiz, yengil kechishi 
uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb aytadi. S.Xoll 
o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqi­
da psixologik, fiziologik hamda pedagogik bilimlarning kompleks 
dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin