Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Стюарт—Гамилтон Я. Психология старения. С. 131-132



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Стюарт—Гамилтон Я. Психология старения. С. 131-132.


3) oilaning boshqa a’zolariga qulay bolish uchun ularga yor- 
damlashish, bular ko‘proq ayollardir. Zerikish yo‘q, lekin birinchi 
va ikkinchi guruhdagilarga nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq;
4) hayotning mazmuni sogliqni mustahkamlash bilan bogla- 
nadi, bu ko‘proq erkaklarga xos. Hayotni bunday tashkil etish 
ma’lum ma’noda axloqiy qoniqish hosil qiladi, ba’zan sogliqqa 
nisbatan xavotirlanish kuzatiladi.
Keksalarning salbiy tiplari:
1
) agressiv, maxmadonalar;
2
) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar.
Keksalik davrida paydo bolgan yangi psixologik tuzilma — bu
hayotiy donishmandlik
hamda 
ruhning chuqur
qatlamlari bilan 
yashash qobiliyatidir.
19.8. Keksayish davrida bilish jarayonlari
Kundalik hayotda ko‘pchilik qariyalarning aqli ham susayadi, 
deb hisoblaydi. Masalan, yosh yigit qo‘ygan narsasini eslay olma- 
sa, hech kim bunda hech qanday qo‘rqinchli narsani ko‘rmaydi, 
lekin bunday e’tiborsizlik qariyalar tomonidan amalga oshirilsa, 
bunday o‘zgarishlarni qarilik o‘zgarishlarining namoyon bolishi
— skleroz deb baholaydi.
So‘nggi vaqtlarda ilmiy adabiyotlarda normal qarilikda intelle­
ktual faoliyatning susayishi haqidagi qarama-qarshi fikrlar uchray- 
di. Qarilik davrida kognitiv jarayonlarning o‘zgarishi muammo- 
sini o'rgangan tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ko‘pgina aqliy 
ko‘nikmalar nisbatan saqlanib qoladi. Bu yosh davrida xotira- 
ni keng doirada o‘rganish natijalariga ko‘ra (Perlmutter, Adams, 
Barry, Kaplan, Person & Verdonik, 1987) xotiraning susayishi 
faqat qarilik oqibati emas, balki boshqa omillar, depressiya, faol 
faoliyatning to‘xtatilishi va dorilarning salbiy ta’siri natijasidir.
Qarilik davrida kognitiv rivojlanish darajasida ma’lum susa- 
yish ro‘y beradi. Masalan, bilish jarayonida ma’lumotlarni qayta 
ishlash, mexanik eslab qolish tezligining pasayishi kuzatiladi. Le­
kin bunga mos ravishda kompensatsiyalar ham ro‘y beradi. Nati-
442


jada ma’lum kognitiv xarakteristikalarning yo‘qotilishi kundalik 
hayotga ta’sir qilmaydi (Perlmutter et al., 1987; Salthouse, 1985).
Qarilik davridagi inson bilish qobiliyatidagi muhim o‘zgarish- 
lardan biri — bu jismoniy va aqliy operatsiyalar bajarish tezligi- 
ning susayishida namoyon boladi. Bu yoshga yetgan insonlarda 
reaksiya vaqti ortadi, perseptiv ma’lumotlarni qayta ishlash se- 
kinlashadi, kognitiv jarayonlar tezligi susayadi.
Qariyalarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi muammosi 
xotira funksiyalarining o‘zgarishi doirasida ko‘proq o‘rganilgan.
Informatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi xorij psixologlari 
sensor, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi xotira mavjudligini 
ta’kidlaydi. Ularning fikricha, sensor xotira — juda qisqa mud- 
datli ko‘rish yoki eshitish xotirasidir, bunda informatsiya qayta 
ishlanguncha 250 millisekund vaqt oralig‘ida xotirada saqlab tu- 
riladi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bolishicha, qariyalar 
yoshlarga qaraganda kamroq ma’lumotni xotirada saqlab qola- 
di. Birlamchi xotira xorijlik tadqiqotchilar tomonidan cheklangan 
ma’lumotlar hajmini saqlash sifatida tavsiflanadi. Masalan, sotib 
olinayotgan tovarning narxini eslab qolishni misol sifatida kelti- 
rish mumkin. Bu xotira turini ishchi xotira, yoki operativ xotira 
ham deb atash mumkin. Tadqiqotlarda yoshlar keksalarning bir­
lamchi xotirasida farqlar aniqlanmagan.
Ikkilamchi xotira uzoq muddatli xotira turi bolib, unda yosh 
xususiyatlari yaqqol namoyon boladi. Yodlash va qayta esga 
tushirishni o‘rganishga baglshlangan tadqiqotlarda qariyalar be- 
rilgan ro‘yxatdagi kam so‘zlarni, rasm detallarining oz qismini 
eslab qolishi aniqlandi.
Uchlamchi xotira bu ilgari bolib o‘tgan voqeani eslashdir. Xoti- 
raning bu turi keksalarda toliq eslab qolinadi. Keksalar ilgari bolib 
,jo‘tgan tarixiy voqealarni batafsil eslab qoladi, agar bu voqeada o‘zi 
ishtirok etgan bolsa, yanada yaxshiroq xotirada saqlanadi.
Shu bilan birga keksalik davridagi insonlarda xotira saqlani- 
shida individual farqlar kuzatiladi. Masalan, oliy ma’lumotli kek­
salar o‘rta ma’lumotli tengdoshlariga nisbatan xotira testlarini
443


yaxshiroq eslab qoladi. Intellektual faoliyat bilan faol shug‘ulla- 
nadiganlar bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatishadi.
Rus psixologlari tomonidan xotiraning yosh funksiyalari o‘zga- 
rishini kuzatilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, yosh o‘tishi bilan 
mexanik esda olib qolish yomonlashadi, mantiqiy xotira esa saqlanib 
qoladi. Obrazli xotira so‘z-mantiq xotiraga nisbatan kamroq esda 
qoladi. Shunday qilib, keksalik davrida xotira asosida mantiqiy bogla- 
nish yotadi, mantiqiy xotira tafakkur bilan chambarchas boglangani 
uchun keksalarda tafakkur yaxshi rivojlangan deyish mumkin.
Yoshlar xotira jihatdan keksalardan ustun bolsalar-da donolik 
jihatidan ustun emas. Donolik — bu inson bilimlarining ekspert 
tizimi bolib, hayotning amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan, hayotiy 
muhim muammolar bo‘yicha foydali maslahatlar berishdir.
Pol B.Bal hamkasblari bilan birga donolikni o‘rganib, uning 
bir necha kognitiv xususiyatlarini aniqlagan. Birinchidan dono­
lik, insonlarning hayot mazmuniga aloqador muhim va murak- 
kab muammolarni yechish bilan bogliqdir. Ikkinchidan, donolik 
bilimlar, fikrlar va maslahatlarning yuksak darajasi bilan ajralib 
turadi. Uchinchidan' donolik bilan bogliq bilimlar shunchalik 
keng va chuqurki, ularni maxsus vaziyatlarda qollash mumkin. 
To‘rtinchidan, donolik shunday aqlni o‘z ichiga oladiki, undan 
shaxsiy foydaga hamda insoniyat foydasiga foydalanish mumkin. 
Beshinchidan, donolikka erishish qiyin, lekin ko‘pchilik insonlar 
uni osongina anglaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin