Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Пряжников H.C. Личностное самоопредение в преклонном возрасте//



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Пряжников H.C. Личностное самоопредение в преклонном возрасте//
Мир психологии. 1999. №2. С. 111-123.
437


— eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-as- 
ta kamayib boradi;
— asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi («taj- 
ribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim);
— sekin-asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo boladi;
— yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabi- 
ralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun 
bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo'r ijtimoiy vazi- 
yatining bir qismi hisoblanadi.
2. Yetakchi faoliyat:
— bu birinchi navbatda yangi rol sifatida «o‘zini izlash», turli 
faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu «sinab ko'rish va xa­
to qilish» metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan 
kunga hayot qisqaligini his qiladi);
— ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati 
bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishla- 
yotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortad;
— yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari 
kuchayadi;
— ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam olgan umrini sarhisob qilish­
ga harakat qiladi, ayrimlar «memuarlar» yozib o‘z tajribasi va ke- 
chinmalari bilan bolishishga harakat qiladi.
III. 
Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha 
yildan keyin sogliqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr) 
bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan boladi va qu- 
yidagilar bilan tavsiflanadi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot;
— keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga 
«g‘amxo‘rlik» qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;
— ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul boladilar;
— ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat 
o‘zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari as- 
ta-sekin uzoqlasha boradi.
438


2. Yetakchi faoliyat:
— bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat 
bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar;
— har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini 
ko'rsatishga intilish;
— ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga 
tayyorlanish yetakchi faoliyat bolib qoladi, bu dinga berilish, tez- 
tez qabristonga borish, yaqinlariga «vasiyatlar» qilishda namoyon 
boladi.
IV. Sogliqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr 
ko'rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati 
bir-biridan farq qiladi.
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bi­
lan asosan muloqot amalga oshiriladi;
— qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech 
kimi yo‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi).
2. Yetakchi faoliyat:
— davolanish, qandaydir usullar bilan bolsa-da, kasallikka 
qarshi kurashish;
— o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O'z hayotini be- 
zashga, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda insori «bekor- 
ga yashamaganligini ko‘rsatish uchun» o‘zidan yaxshiroq narsa 
qoldirgisi keladi.
IV. 
Nisbatan mustahkam sogliq bilan uzoq umr ko‘rish (75— 
80 yosh va undan kattalar).
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida 
uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish;
— uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar 
paydo boladi;
— uzoq umr kechirish noyob hodisa bolganligi uchun u bilan 
gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.
2. Yetakchi faoliyat:
439


-
insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tar- 
zini kechirish, sog'liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytgan- 
larini qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin