ilganda bolaning faolligini tashqi tomondan yo‘llab turuvchi
stimullar nazarda tutiladi, ya’ni ular bolani o'rab turgan at-
rof-muhitdan kelib chiqadi va u bolani ma’lum tarzda tutish-
ga majburlaydi. Bunday qo‘g‘atuvchilarning ta’siri yo‘qotilsa,
o‘quv faolligi ham susayib, yo‘qoladi. Tashqi stimullardan farq-
li ravishda ichki stimullar bunday faollikni vujudga keltirishi
va yollab turishi mumkin. 0 ‘quv tarbiyaviy faoliyatning ich
ki motivatsiyasi, tashqi motivatsiyaga qaraganda kuchli bolib,
mahsuldor pedagogik baho deganda bolada ta’lim va tarbiyan-
ing ichki motivatsiyasini vujudga keltiradigan baho nazarda tu
tiladi.
Pedagogik baho bolaning yoshiga mos tanlanishi zarur. Pe
dagogik baho yoshga qarab o‘zgarishi tendensiyalari quyidagilar:
Birinchidan, yosh ulg‘ayishi bilan yangi bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash zarurligini tushunish ortadi. Ikkinchidan,
bolalikda yillar o‘tgan sayin shaxsning ma’lum xislatlarini egal-
lashning ahamiyati ortadi. Uchinchidan, katta bolgan sayin,
ayniqsa, maktab davrida ijtimoiy-psixologik stimullarning roli or
tadi. To'rtinchidan, tashqi stimullarga qaraganda ichki stimul
larning roli ortib boradi. Turli yosh davrlarida pedagogik baho-
ning qulay usullari va sharoitlarini ko‘rib chiqamiz.
Sh.A.Dustmuxamedova tomonidan «Olti yoshli bolalar-
ga ta’lim berishda pedagogik bahoning psixologik xususiyatlari»
mavzuida ilmiy izlanishlar olib borilgan1. Olimaning ta’kidlashi-
cha, pedagogik baholarni formal va mazmunli baholarga ajra-
tish mumkin. Olimaning ta’kidlashicha, pedagogik baho
0
‘qituv
chining bola bilan munosabat uslubiga, xususan o‘qituvchi
tomonidan baholovchi ta’sirning ma’lum tur va vositalarini tan-
lashiga bogliq. Bunda qattiqqollik bilan, formal tipdagi baho
lovchi ta’sirdan ko‘proq avtoritar pedagogik ustanovkalari mav
jud o‘qituvchilar tomonidan, yumshoq ko‘ngillik bilan mazmunli
Dostları ilə paylaş: