Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   240
Ривожланиш психологияси

Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat.
Birinchi bor 
maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan 
yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgar- 
ganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga 
borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatil- 
ganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida 
ham alohida o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, ya- 
qinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z vazifalari, 
majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga 
sazovor bolishi mumkin bolgan alohida shaxs sifatida munosa­
batda boladilar. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari 
bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganli- 
gi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy 
mavqei o‘zgarganligini to la his etishiga, o‘ziga nisbatan muno- 
sabatining o'zgarishiga asos boladi. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‘qituv- 
chiga ishonch hissi bolib, bunda o‘qituvchining o'quvchiga ta’sir 
ko‘rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, 
ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. 0 ‘qituvchining obro‘si 
oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh urugla- 
rining nufuzi keskin kamayadi. Shu sababli, bolalar 
0
‘qituvchi- 
ning har bir so‘zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, ki­
chik maktab yoshidagi o'quvchilar rivojida yetakchi bolgan o‘quv 
faoliyati o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining 
ahamiyati juda kattadir.
Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan mu- 
nosabatlarida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning muloqoti 
endi aniq maqsadga qaratilgan boladi. Bunga sabab bir tomon­
dan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko'rsatadigan faol ta’siri 
bolsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siri-
315


dir1. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq ravish­
da normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va 
tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarish- 
lar boladi. Oilada endi bolani ma’lum bir majburiyat va huquqlari 
bolgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu o‘z-o‘zidan bola bilan 
bolgan munosabatlarda o'z aksini topadi. Atrofdagilar bilan mu­
nosabatda esa bola o‘z «Men»ini namoyon etishga harakat qila­
di. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida 
va ijtimoiy munosabatlar ta’sirida bolaning individual xulq-atvori 
shakllanadi. Faqat o'qituvchigina o‘quvchisiga turli qat’iy talablar 
qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, bolaning ijtimo- 
iylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar — ijtimoiy mako- 
ni tizimida standartlashuviga olib kela oladi. 0 ‘qituvchining muno- 
sabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi 
mavjud bolib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir.
0
‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsati- 
shi uchun qulay imkoniyati bor. 0 ‘quv faoliyatining boshlani- 
shi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan 
muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. «Bola-kat- 
ta» munosabati «bola-ota-ona» munosabatidan tashqarida yuza­
ga keladi. Chunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq 
ravishda normativ talablar 

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin