Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   240
Ривожланиш психологияси

16.6. Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz
0
‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini 
anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr 
hisoblanadi. 0 ‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy 
Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, 
e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi 
tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
0
‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shax­
siy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0 ‘smir shax- 
sini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalar- 
ga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar 
o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchili- 
gi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik ka­
bi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning 
turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror 
e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida 
axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan 
shakllana boradi. Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘zigabo‘lgan 
munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi.
0
‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi 
kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga 
ishontirishdan iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir 
shunday qilishga haqqi borligiga o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki
354


men endi «katta bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham 
psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning 
0
‘smirlik 
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar.
L.S.Vigotskiy 
0
‘smirlik davrida qiziqishlarning o‘zgarishiga 
bogliq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib kolsatgan. 
Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jin­
siy qiziqishlarning paydo bolishi bilan bogliq. Bunda quyida- 
gi salbiy xulq-atvor kolinishlari namoyon boladi: ish qobiliyati- 
ning, o‘zlashtirishning pasayishi, o‘smirning qo'polligi va yuqori 
qo‘zg‘aluvchanligi, uning o‘zidan qoniqmasligi va xavotirlanish 
va b. Ijobiy faza keng, chuqur yangi qiziqishlarning paydo b o li­
shi bilan xarakterlanadi. 0 ‘smirda boshqalarning va o‘zining psi­
xologik kechinmalariga qiziqish paydo boladi.
0
‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning 
strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vi­
gotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. In- 
qirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchi- 
lar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi 
psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi katta­
larning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tar­
biya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi eh­
tiyojlari, yangi qobiliyatlariga bogliq ravishda munosabatlarni 
o‘zgartirishiga bogliq.
Soglom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depres- 
siv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0 ‘smirlarda ko‘p 
uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuch­
li reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining 
yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bogliq.
0
‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq 
ravishda o'smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratisha- 
di1. 0 ‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarish- 
larga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin