Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Дусмухамедова Ш.А. Психологические особенности педагогической



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240
Ривожланиш психологияси

1 Дусмухамедова Ш.А. Психологические особенности педагогической
оценки в обучении детей шестилетнего возраста..-М. 1987.-24 с.
493


motivatsion baho esa demokratik uslubdan foydalanuvchi o‘qituv- 
chilar tomonidan foydalanishi aniqlangan.
Bolalarni go‘daklik davrida imo-ishora, mimika va pantomi- 
mika orqali bildiriladigan hissiy-ekspressiv baholash qo‘llaniladi. 
Ilk bolalik davrida «yaxshi», «yomon» kabi so‘zlar bilan baho­
lash mumkin. Maktabgacha yosh davrida xulq-atvor qoidalariga 
rioya qilish, bilim, malaka va ko‘nikmalarni namoyon qilish bilan 
bog'liq pedagogik baholar paydo boladi. Kichik maktab yoshidagi 
bolalarni ta’lim va tarbiyaga undashda hamma tomonidan berilgan 
baho emas, balki bu bolalar qadrlaydigan kattalar, o‘qituvchilar va 
ota-onalar tomonidan berilgan baho mahsuldor bo‘ladi. 0 ‘smirlar 
esa kattalar emas, balki tengdoshlari, do‘stlari tomonidan berilgan 
bahoni ahamiyatli deb biladilar. Ilk o‘spirinlik davrida kattalar to­
monidan beriladigan bahoning ahamiyati yanada ortadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1
. 0 ‘quv faoliyati va uning elementlari nimalardan iborat?
2. Ta’lim jarayonida bilimlarni o'zlashtirish nimaga bog‘liq?
3. O'qish motivlari va motivatsiyaga izoh bering.
4. O'quv faoliyati motivatsiyasining manbalariga nimalar kiradi?
5. Rivojlantiruvchi ta’limning psixologik asoslari nimalardan 
iborat?
6
. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi va usullari.
7. Kompyuterlashtirilgan ta’limning psixologik jihatlari.
8
. Pedagogik baho turlari.
9. Ta’limni individuallashtirish deganda nimani tushunasiz?
Mavzuni mustahkamlash uchun test savollari:
1. 
Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda nima nazarda tu- 
tiladi?
a) ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o‘quv motivlari, 
0
‘qituv­
chining baholashi;
b) ta’limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­
ning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari
usullari va pedagogik muloqot yo‘llari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi;
494


*c) bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan maktab talabiga 
munosibligi;
d) bola o‘qishni, sanashni bilib olsa.
2. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati nimalarga bogliq?
a) ta’limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­
ning mazmuni — nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari, 
usullari va pedagogik muloqot yo‘llari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi;
b) motivatsiya, ma’lumot usullari, ma’lumotning tushunarlili- 
gi, ma’lumotlarni qo‘llash;
c) ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o'quv motivlari, 
0
‘qituv­
chining baholashi;
*d) o'quvchilarga, 
0
‘qituvchining qanday o‘qitishiga.
3. 0 ‘quv faoliyatining elementlarini to‘g‘ri belgilang.
a) motivatsiya, xotira, o‘quv topshiriqlari, o‘qituvchining na- 
zorati, pedagogik muloqot yo‘llari;
b) ta’lim beruvchi, ma’lumot usullari, o‘quv motivlari, 
0
‘qituv- 
chining baholashi, pedagogik muloqot yollari;
*c) o‘quv motivlari, o‘quv topshiriqlari, o‘quv harakatlari
o‘qituvchining nazorati, o‘qituvchining baholashi;
d) ta’limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak? Ta’lim­
ning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak? Ta’limning metodlari, 
usullari va pedagogik muloqot yollari, ta’lim beruvchi, o‘quvchi.
4. 0 ‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari qaysilar?
*a) ichki, tashqi, shaxsiy motivlar;
b) bilim, ko‘nikma va malakalar;
c) ustanovka, qadriyatlar, orttirilgan qobiliyatlar;
d) intellektual malakalar.
5. 0 ‘qish jarayonida harflar shaklini farqlash qanday malaka- 
ga misol bola oladi?
a) sensor malaka;
b) motor malaka;
*c) intellektual malaka;
d) sensomotor malaka.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin