Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   240
Ривожланиш психологияси

hissiyot»,
«kommunika­
tiv tashabbuskorlik» va boshqalar ko‘rinishida amalga oshadi. 
V.T.Kudryavsev bolalikni tadqiq qilishning yangi yo‘nalishini 
yaratishni taklif qilib, uning asosiga quyidagi umumiy g‘oyani 
qo'yadi: bolalik — bu nafaqat ijtimoiy rivojlanishdan hosila, ta­
rixiy mahsul bolib qolmay, balki madaniyat va tarixda yangi 
shakldagi tuzilishni, vujudga kelishlarni boshlanishi, «avloddan 
avlodga oluvchi madaniyatni o‘z-o‘zidan rivojlantirish man­
bayi, uning generatoridir». Rus faylasuflari I.A.Ilin, P.A.Floren- 
skiy, M.M.Baxtin, V.B.Shklovskiy va boshqalarning g‘oyalariga 
tayanib, V.T.Kudryavsev madaniyatni ijodiy tajribaning yig‘in- 
disi, insonlarning muayyan shakldagi ijodiy imkoniyatlarini 
majmuasi sifatida yangicha talqinini shakllantirgan. Uni bunday 
tushunishda, psixik rivojlanish mexanizmi sifatida o‘zlashtirish 
ideal namunalardan nusxa ko‘chirishdan chetga chiqadi, avlod- 
lar o‘rtasida tajriba almashinuvi esa albatta rivojlanib boruvchi 
subyektning ijodkorligini, chegaralarni bartaraf qilishni, namu- 
nalar «noaniqligini» nazarda tutadi.
192


11.2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S. Yigotskiy ishlarida
bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi
Inson psixik rivojlanishi bosqichliligi haqidagi tasavvur uzluk- 
sizlik, asta-sekin mukammallashuv va yutuqlar (natijalar) yig'in- 
disi g‘oyasiga qarama-qarshi turadi. U o‘z aksini jahon psixologi- 
yasida bir necha o‘n yilliklardan beri, rivojlanish jarayonining 
turli tomonlarini sintezlovchi va uning mexanizmlariga tayanuv- 
chi yagona davrlashtirishni («psixik rivojlanish xaritasi») qidiruvi- 
da topadi. L.S.Vigotskiy rivojlanishning yoshga bog‘liq davrlash­
tirish muammosini «barcha bolalar psixologiyasi uchun markaz» 
va «amaliyotning barcha savollariga kalit» deb atagan. U vaqt- 
da mavjud bo'lgan davrlashtirish chizmasini tahlil qilib, L.S.Vi­
gotskiy ularni tuzishning uch usulini ajratgan: 1. Bola psixikasini 
rivojlanishi bilan har tomonlama bog‘liq bo‘lgan, boshqa jara- 
yonlarni zinama-zina qurish asosida bolalikni davrlashtirish. Mi- 
sol uchun, biogenetik tamoyilga muvofiq ibtidoiy bosqich, hayvon 
psixikasi bosqichlari ajratiladi; 2. Bolalikni ajratishda asos qilib, 
shartli mezon sifatida rivojlanishning biror-bir belgisi yoki jiha- 
ti (tomoni) olinadi (masalan, P.P. Blonskiyning davrlashtirishida 
dentitsiya — tishlarning chiqishi va almashinishi; Z.Freyd ta’li- 
motida jinsiy rivojlanish). 3. A. Gazell ishlaridagi kabi rivojlanish 
jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini fenomenologik izohlash- 
ga va qonuniyatlarni ajratishga urinish amalga oshiriladi. L.S.Vi­
gotskiy bola rivojlanish jarayonining mazmun-mohiyatini qam- 
rab oluvchi, haqiqiy ilmiy-psixologik davrlashtirish tuzilishi kerak 
bo'lgan tamoyillarni taklif qilgan. Davrlarni ajratish mezoni rivoj­
lanishga nisbatan ichki bo'lishi kerak. «Faqatgina rivojlanishni 
o'zining ichki o'zgarishlari, uning kechish jarayonidagi burilish- 
lar va o'zgarishlargina bola shaxsining shakllanishini asosiy davr- 
larini aniqlash uchun ishonchli asos bo‘la oladi». Mezon obyek- 
tiv bo'lib, yosh chegaralari doirasi erkin va shartli qo'yilishi kerak 
emas. Mezonni qandaydir bir belgiga ko'chirib bo'lmaydi, chun- 
ki rivojlanish jarayonida belgining muhimligi va ko'rsatkichlari
193


yoshdan yoshga o‘tishda o‘zgaradi. L.S.Vigotskiy yosh davrlarida 
taraqqiy etuvchi psixik rivojlanish hodisasiga nisbatan asosiy yangi 
yondashuvni ishlab chiqib, yosh davrlar psixologiyasining asosini 
qo‘ydi. Odatda psixologiyada o‘rganiladigan alohida psixik jara­
yonlar va (idrok, diqqat, tafakkur) funksiyalarning yoshga bog‘Iiq 
xususiyatlarini o‘rganish o‘rniga L.S.Vigotskiy birinchi o'rin- 
ga «psixologik yosh» tushunchasini qo'yishni va bola rivojlanishi 
taxlilining «birligi» sifatida rivojlanishining yoshga oid davrlarini 
talqin qilishni taklif qilgan. 1932—1934-yillarda yozilgan «Yosh 
davriga oid bolgan muammo» asarida, L.S.Vigotskiy ushbu fikrni 
quyidagicha izohlagan: «Yosh davrlari yaxlit dinamik tuzilishini 
rivojlanishning har bir qism sohalarini roli va solishtirma og‘irli- 
gini aniqlaydigan tarkibni o‘zida aks ettiradi». L.S.Vigotskiyga 
ko‘ra, har bir psixologik yosh, har bir yosh davrining boshlanishi- 
da shakllanuvchi, rivojlanishning ijtimoiy holati bilan tavsiflana- 
di. Rivojlanishning ijtimoiy holati — bu «mutloq alohida, ushbu 
yosh uchun o‘ziga xos, bola va uni o‘rab turgan voqelik o‘rtasida- 
gi yagona va qaytarilmaydigan, eng avvalo ijtimoiy munosabat- 
lardir» L.S.Vigotskiy muhitni absolut (absolut-idealistik falsafada
— borliqning abadiy, o‘zgarmas, bemakon ibtidosi — ruh) ko‘rsat- 
kichlarda emas, balki, bolaning o‘zini kechinmalari bilan bogliq- 
likda, muhitni bolaga munosabatidan kelib chiqib, talqin qilish 
kerakligini ta’kidlagan. «Rivojlanishning ijtimoiy holati» tushun- 
chasi tashqi muhit va bolaning ichki dunyosini o‘zaro aloqasini 
betakror o‘ziga xosligini, ya’ni ijtimoiy muhit va motivatsion eh- 
tiyoj sohalarini ifodalaydi. Bundan tashqari, psixologik yosh yan­
gi tuzilishlar bilan ham tavsiflanadi. Yoshga oid yangi tuzilishlar
— bu yoshga bog‘liq rivojlanish natijasi, mahsuli va bir vaqtning 
o‘zida keyingi rivojlanish zaminidir. Psixologik yangi tuzilma- 
lar bolaning yangi shaxs tuzilishi turini ushbu bosqichda birinchi 
marotaba yuzaga kelayotgan hamda bolaning ongi, uning muhit- 
ga munosabatini, uning tashqi va ichki hayotini, ushbu davrda- 
gi uning butun rivojlanish jarayonining eng asosiysi va muhimini 
aniqlaydigan psixik va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi.
194


L.S.Vigotskiy ong va shaxs tuzilmasidagi o‘zgarishlarni, marka­
ziy va ikkilamchi darajali yangi tuzilmalarni farqlagan. Shunday 
qilib, psixologik yosh tuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) 
rivojlanishning ijtimoiy holatini aniqlovchi; 2) «bolaning turmush 
tarzi yoki jarayonda rivojlanuvchi uning ijtimoiy borlig‘i; 3) ong 
va shaxs sohasidagi yangi tuzilmalar. L.S.Vigotskiy fikriga ko‘ra, 
ongning yangi tuzilishi so‘zsiz, hali tashqi voqelikni idrok qi- 
lishning yangi xarakterini, ham undagi faoliyatni anglatadi. Ush­
bu davrda yuzaga kelgan yangi tuzilmalar rivojlanishning ijtimoiy 
holatini o'zgartiradi: bola kattalar bilan boshqa tizimdagi muno- 
sabatni talab qilishni boshlaydi, o‘zi ham dunyoga boshqa ko‘z 
bilan qaraydi, kattalar yordamida o'zining ular bilan bolgan mu- 
nosabatini o'zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, vaqt olishi bi­
lan psixologik yangi tuzilmalar jamlanib, asta-sekin rivojlanish­
ning eski ijtimoiy holati bilan qarama-qarshilikka keladi, uning 
buzilishiga va keyingi yosh davrida bolaning rivojlanishi uchun 
yangi imkoniyatlarni ochuvchi, yangi munosabatlarni olishga olib 
keladi. Shu tarzda psixologik yoshning almashinuvi sodir b o la­
di. L.S.Vigotskiy so‘zlari bilan aytganda, yosh rivojlanishining di- 
namikasi shundadir. L.S.Vigotskiy bir-biri bilan almashinuvchi, 
yosh davrlarining ikki tipini ajratgan: barqaror va keskin. Barqa­
ror (yoshlarda) yosh davrlarida rivojlanish — rivojlanishning o'zi­
ga xos ijtimoiy holatining ichida asta-sekin, evolutsion kichik 
qadamlar bilan amalga oshadiki, rivojlanish samarasi faqatgina 
birdan namoyon boluvchi yangi tuzilmalar ko'rinishida tamomi- 
la yaqqol ko'rinadi. Boshqa keskin davrlarda aksincha rivojlanish 
shiddatli, jo‘shqin amalga oshadi. O'rtada kulminatsion nuqtada 
yoki eng yuksak cho‘qqida (darajada) inqirozning keskin kucha- 
yishi xarakterli. Unga qarab, inqiroz muddatini belgilash qulay. 
L.S.Vigotskiy fikriga ko'ra, inqirozlar faqatgina salbiy emas, balki 
shaxsiy ijobiy ahamiyatga ham ega. Rivojlanishning eski ijtimoiy 
holatidan voz kechish va yangisini hosil bolishi inqiroz davrining 
asosiy mazmunini tashkil etadi. 0 ‘zida buzuvchi va yaratuvchi 
yondashuvlarni uyg'unlashtirgan inqiroz — bu ontogenezning
195


me’yoridir. L.S.Vigotskiy tomonidan tuzilgan davrlashtirish qu- 
yidagi davrlarni o'z ichiga oladi: yangi tug'ilgan chaqaloq inqiro- 
zi; go‘daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); 1 yosh inqirozi; ilk bola­
lik (1—3 yosh); 3 yosh inqirozi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 
yosh); 7 yosh inqirozi; maktab yoshi (8—12 yosh); 13 yosh inqiro­
zi; Pubertat yosh (14—17 yosh); 17 yosh inqirozi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin