Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


XIV BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHI



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   240
Ривожланиш психологияси

246


XIV BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHI
Reja:
1. Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy 
shart-sharoitlari.
2

0
‘yin maktabgacha tarbiya yoshida yetakchi faoliyat sifati­
da.
3. Bilish jarayonlarining rivojlanishi.
4. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot.
5. Asosiy psixologik yangilik.
6
. Maktabgacha tarbiya yoshidagi inqirozning tavsifnomasi.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
Talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik 
taraqqiyoti, bilish jarayonlarining rivojlanishi hamda shaxs xu- 
susiyatlari haqida ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish. Maktab- 
ga psixologik tayyorgarlik muammosi yuzasidan nazariy va ama- 
liy bilimlarni shakllantirish.
Tarbiyaviy:
Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik rivojla- 
nishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularning ruhiy salomatliklari va ru- 
hiy barqarorliklarini ta’minlovchi muhit yaratish zaruriyatini ta- 
labalar ongiga singdirish.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarning maktabgacha yoshdagi bola­
larning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda 
ular bilan ishlash ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: 
maktabgacha tarbiya yoshi, o‘ym, ye­
takchi faoliyat, bilish jarayonlari, muloqot, asosiy psixologik yan­
gilik, inqiroz.
1.1. Maktabgacha tarbiya yoshida rivojlanishning ijtimoiy
shart-sharoitlari
Ontogenezda 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davr bog'cha yoshi 
davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabga­
cha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari 
bolishini inobatga olgan holda 3 davrga: (3—4 yosh) kichik mak­
tabgacha davr, (kichik bog‘cha yoshi), (4—5 yosh) o‘rta maktab-
247


gacha davr, (o‘rta bog'cha yoshi), (6—7 yosh) katta maktabgacha 
davr (katta bog‘cha yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish ja­
rayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodi­
salar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qolga 
kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda oezlashtirib, egallab bo­
radi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshirila- 
digan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni 
egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning 
o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amal­
ga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bola­
ning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya, ularning mu­
rakkab harakatlarini o‘zlashtirish, elementar gigiyena, madaniy va 
mehnat malakalarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish hamda 
ijtimoiy axloq va estetik didining dastlabki kurtaklarini hosil qi- 
lishga qaratilishi lozim.
Mashhur rus pedagogi Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha 
yoshidagi davr shunday bir bosqichki, bu davrda bolalarda xa- 
rakter xislatlarining namunalari shakllanib, axloqiy xarakterning 
asoslari yuzaga keladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xu- 
susiyatlaridan biri, ularning harakatchanligi va taqlidchanligidir. 
Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: bola 
uzluksiz faoliyat koersatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan 
emas, balki faoliyatning bir xilligi va surunkaliligidan toliqadi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bolgan munosabat orqali bola 
axloq me’yorlari, kishilarni anglashi, shuningdek, ijobiy va sal­
biy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bo­
la endi o‘z gavdasini yaxshi boshqara oladi. Uning harakati mu- 
vofiqlashtirilgan holda boladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal 
rivojlana boshlaydi, u yangiliklarni egallashga nisbatan o‘z bil- 
ganlarini mustahkamlashga ehtiyoj sezadi, o‘zi bilgan ertagini 
qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik, shu davrdagi bola­
larga xos xususiyatdir.
248


Bog‘cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal 
ravishda ortib boradi. 3—7 yoshli davrida bolalarning asosiy faoli­
yati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:
— predmetlarni o‘rganishi;
— individual predmetli o‘yinlar, jamoa sujetli-rolli o'yinlar;
— individual va guruhiy ijod;
— musobaqa o‘yinlari;
— muloqot o‘yinlari;
— uy mehnati.
Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni birmuncha to‘la o‘zlashtir- 
ganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda 
o‘zlariga yaqin bolgan katta odamlar va tengdoshlari bilan muno­
sabatda bolish ehtiyoji tuglladi. Ular tor doiradan kengroq doi- 
radagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi 
o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bolib 
o‘ynashga harakat qiladilar.
Hamma narsani bilib olishga bolgan ehtiyoj kuchayadi. 
Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bolgan kuchli ehtiyojlardan 
yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har to- 
monlama bilib olishga intilishidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik ji- 
hatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj 
kabi, bolani biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning 
uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bogliq bo‘lgan murak­
kab psixik hodisa desa boladi.
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, 
bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga in- 
tiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ulla- 
nishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda 
irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga 
yordam beradi. 3—7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida ba- 
diiy-ijodiy faoliyat turi bolgan musiqaning ahamiyati ham juda 
kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga 
mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin