Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240
Ривожланиш психологияси

1 Краснова O.B. Социальная 
психология
старения как основная
составлуающая социальной геронтологии.// Мир психологии. 1999. № 2.
С.96-106.
431


Qarilik kognitiv muammo sifatida.
Bu yondashuv asosida kek- 
salarda intellektual va emotsional qobiliyatlarning pasayishi yoki 
yo‘qotilishi jarayoni yotadi. «Foydalanmaslik» nazariyasiga ko‘ra 
intellektual ko‘nikmalar yetarlicha foydalanmaslik natijasida kek- 
salarda yomonlashadi. Kognitiv nazariyaning boshqa variantida 
keksa inson o‘zidagi o‘zgarishlarni qanday talqin qilishiga bogiiq- 
ligi nazarda tutiladi. Bunda uch soha asosiy rol o‘ynaydi: shax­
siy kechinmalar (sog‘liqning yomonlashuvi, jozibadorlikning ka- 
mayishi), ijtimoiy mavqe xususiyatlari (kirishimlilik, integratsiya 
yoki ajralib qolish), shaxsiy hayotining tugayotganligini anglash.
Keksayishning kompleks nazariyalari.
Kompleks nazariyalar 
keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi 
chiqadi. Keksayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro biologik, 
ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bogliqdir. Har bir inson- 
ga o‘ziga xos keksayish yo‘li xos. Dj.Terner, D.Xelms1 uch o‘zaro 
bog‘liq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar:
Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday 
tasavvur qiladi va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o‘zini 
taqqoslab keksayish jarayoniga qanday munosabatda boladi.
Biologik keksayish — yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarish- 
larning sodir bolishi.
Ijtimoiy keksayish — individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy 
rollarni bajarish bilan qanday boglaydi?
19.4. Keksalikning yosh chegaralari muammosi
Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsifla- 
shadi, lekin ko'pchilik 60—65 yoshni qarilikning boshlanishi si­
fatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlarning qa- 
rashlarini keltiramiz:
Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75 — qarilik, 75-100 
yosh keksalik.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin