Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   240
Ривожланиш психологияси

20.2. Pedagogik psixologiyaning rivojlanish tarixi
Pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yar- 
mida tarkib topadi. XIX asrning 60-yillarida xalq ommasi orasida 
bilimlarni tarqatishga qaratilgan tashkilotlar paydo bola boshla­
di. Bu davrda talabalarning tashabbusi bilan dehqon va hunar- 
mandlarga ta’lim beradigan kattalarning yakshanbalik maktablari 
paydo b o la boshladi. Shuningdek, dastlabki xalq kutubxonalari 
va o‘quv zallari (qiroatxonalar), mehnatkashlar uchun tekin ku- 
tubxonalar tashkil etildi; umumta’lim, amaliy va kasbiy bilim­
larni ommalashtirishning keng tarqalgan shakllaridan biri xalq 
o'qishlari o'tkazila boshlandi.
Bilimlarni ommalashtirishda bilim jamiyatlari va komitet- 
lari muhim rol o‘ynadi. Bunday muassasa a’zolari xorij va rus 
yozuvchilarining eng yaxshi asarlarini chop etish, yozgi peda­
gogik kurslarni tashkil etish, xalq maktablari va kutubxonala- 
rini yaratish kabi ishlar bilan shug‘ullanishgan. Sankt-Peterburg- 
da 1861-yilda tashkil etilgan bilim jamiyatiga L.N.Tolstoy, I.S. 
Turgenev kabi mashhur yozuvchilar a’zo bolishgan.
Xalq ta’limining rivojlanishida pedagogik muzeylarning tash­
kil etilishi katta ahamiyatga ega bolgan. Bunday muzey nafaqat 
Rossiyada, balki butun dunyoda dastlab 1864-yilda Peterburg- 
da harbiy-o‘quv yurtlarining Pedagogik muzeyi tashkil etilgan. 
Dastlab muzey faqat xorijda nashr etiladigan o‘quv qollanma- 
larni tizimlashtirish, mamlakatimizda yaratiladigan o‘quv qoT 
lanmalarni ishlab chiqish, o‘qitishning ilg‘or metodlarini om- 
malashtirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik muzeyda katta
451


ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan, pedagogika fanining dolzarb 
muammolarini ishlab chiqadigan jamoatchilik ilmiy markaziga 
aylantirildi. Bu yerda pedagogik psixologiya bo‘yicha Rossiyada 
birinchi eksperimental laboratoriya tashkil etildi.
Keyinchalik ta’lim va tarbiyaga oid kitob, dastlabki pedagogik 
jurnallar nashr etila boshladi. Ular sirasiga «Tarbiya jurnali», 
« 0 ‘qituvchi», «Rus pedagogik xabarnomasi», «Maktab va oila», 
«Ta’lim va tarbiya» va boshqalarni kiritish mumkin.
1848-yilgi fransuz revolutsiyasidan so‘ng rus olimlarining xorij- 
ga safarbarliklari to‘xtatildi. 1860-yillarda rus olimlarining Yev- 
ropa ilmiy hayoti bilan bevosita aloqasi yana tiklandi. 60 dan ortiq 
olimlar xorijga malaka oshirishga jo‘natildi. Ular orasida faylasuf 
va psixolog M.M.Troitskiy, K.D.Ushinskiy hamda I.M.Sechenov- 
lar bor edi. K.D.Ushinskiy Shveysariya, Germaniya, Fransiya, 
Belgiyadagi ayollar ta’limining yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Bun­
da taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning 
«Inson tarbiya predmeti sifatida» nomli asari katta rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari Ch.Darvinning evolutsion g‘oyalari ham yosh 
psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolutsion 
ta’limot psixik taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qa- 
ratishga olib keladi.
XX 
asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkazi- 
ladigan eksperimental tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shun- 
dayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. Ammo o‘sha davrning 
umumiy psixologiya fani pedagogika uchun yetarli bilimlar boyli- 
gini bera olmas edi. Shved yozuvchisi E.Key tomonidan «Bola­
lar asri» nomli kitobi keng tarqaldi. Uning ta’kidlashicha, XX 
asr bolalar asri bo‘ladi. Bunda kattalar bolalar ruhiyatini tushu- 
na boshlaydilar, o‘zlari ham bolalardek bo‘ladilar. Shundagina ij­
timoiy tuzum yangilanadi».
Turli mamlakatlarda bolalar va pedagogik psixologiya muam­
molarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalar, jurnallar tashkil etil­
di. 1896-yilda Leypsigda «Bolani tadqiq qilish» jurnali, 1899-yilda 
Leypsigda «Pedagogik psixologiya, gigiyena va patologiya» ju-
452


rnali, 1905-yilda Leypsigda «Eksperimental pedagogika» jurna- 
li (1911-yildan «Pedagogik psixologiya jurnali» sifatida nashr eti- 
la boshladi).
1901-yilda Rossiyada birinchi eksperimental pedagogik labo- 
ratoriya Peterburgda A.P.Nechayev rahbarligida tashkil etildi.
1906-yilda Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I syezd 
chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyandalari — A.P.Ne­
chayev, N.E. Rumyansev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni 
keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot 
bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya 
jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim 
xulosa chiqarildi. Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan 
emas, balki psixologik-pedagogik tadqiqotning o'zidan olinishi 
kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga oshirish 
uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy
metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlab 
topish lozim edi. Shu tufayli psixik taraqqiyotning manbalari va 
uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi yosh va pedagogik 
psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoladi. 1879-yilda 
I.A.Sikorskiy tomonidan ta’lim jarayonida eksperimentdan foy- 
dalanish g‘oyasi ko‘pchilik olimlar tomonidan tan olinmadi. Le­
kin 80-yillarda psixologik laboratoriyalarning tashkil etilishi bi­
lan, eksperimentlarni pedagogik jarayon bilan bog'lash, ta’lim va 
tarbiya haqida yangicha fanni yaratishga intilish vujudga keldi.
XIX 
asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSHda pedologiya 
deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. Uning namoyandalari —
S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyandalari bola rivoj­
lanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini me- 
xanik ravishda qo'shadilar.
20-30-yillarda pedologiya «Bola haqidagi yagona marksis- 
tik fan» rolini da’vo qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar 
fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi.
Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakter- 
da edi. Ularning o‘quvchilarni «aqliy qobiliyat koeffitsienti»ni
453


aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, psixologiya va pedagogika- 
ga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon yetkazdi. 
Shuning uchun 30-yillarning boshlarida pedologiyani keskin tan- 
qid qilish boshlandi. 1936-yil 4-iyulda BKP MKining «Xalq mao- 
rifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida»gi 
qarori chiqdi. Bu qarorda pedologiya fani marksistik nuqtayi na- 
zarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid ostiga olindi. Shu tari- 
qa pedologiya faniga barham berildi.
20—30-yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 
bir qancha psixologik-pedagogik konsepsiyalar vujudga keldi. Ayniq­
sa, A.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga bolgan il­
miy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funksiyalarning rivoj­
lanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya psixologiya fanining 
eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya 
masalalari bilan bir qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullan- 
ganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Ananyev, L.I.Bo- 
jovich, P.Ya.Galperin, W.Davidov, A.V.Zaporojets, L.V.Zank- 
ov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F.Talizina, 
D.B.Elkonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologi­
yasi muammolari bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: profes- 
sorlar M.G. Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, M.Vohidov; R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, Sh.A.Do‘stmuhamedova,
S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin