Abu ali ibn sinoning ilmiy merosi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#40593
  1   2
ABU ALI IBN SINO.pptx



ABU ALI IBN SINONING ILMIY MEROSI


Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-

Balkhī;


arabcha

:

انیس نب اللهدبع نب نیسحلا يلع وبأ



)

oʻrta osiyolik buyuk qomusiy



olim

[5]


, boshqa manbalarda esa,

buxorolik fors

[6]

olim, tabib va



faylasuf

.

980-



yilning 18-iyunida Buxoro

yaqinidagi

Afshona

qishlogʻida tugʻilgan va

1037-

yilning 16-avgustida Hamadonda



vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (

ingl.


Avicenna) 

nomi bilan mashhur.




Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn 

Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga

moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib

ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud 

edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi

va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini

toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va

adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu 

Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun

otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa

va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn 

Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan

shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va

bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay

mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, 

fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol

topa boshladi.



• Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al 

Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu

ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 yilda vafot

etdi.


• Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda

hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi

butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning

muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan

foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va

Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida

shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli, 

bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini

mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“ 

asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga

tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizika“ning

maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani

oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini

Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy

quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-

Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy

hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki

Baraqiy) ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari

hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi




Qoraxoniylar 999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, 

notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yil 

gacha davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib

boʻlmas edi. Shu bois Ibn Sino oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar

hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazmshohlar Ali ibn 

Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy

ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da 

zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034-yil vafot e.), 

mashhur tabib va faylasuflar Abu Saql Masihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu 

Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qoʻshildi. Xorazmda Ibn Sino, 

asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy

dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn 

Sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda

mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri

Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, Ibn Sino u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid

„Risola aliksir“ („Eliksir haqida risola“) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi. 

Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval, 

Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va

Abul-Hammor Gʻaznaga ketadilar. Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 yillarda

yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan

uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin

yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, 

avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, 

nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—1014 

yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan

uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U Ibn Sino 

bilan olimning soʻnggi damigacha, 25-yil davomida birga boʻladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina

asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.




Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida

faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va

boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning

dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni tark etib, Rayga koʻchdi. Ibn Sino 

Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib

Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda

Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli

saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim

Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham 

hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq, 

boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga

ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif

qiladilar. U avval saroy tabibi boʻlib ishlaydi, soʻng vazirlik mansabiga koʻtariladi. 

Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va

qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur

falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib

qonunlari“ ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.




Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, allomalar

raisi“); „Sharaf al-mulk“ („Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“ 

(„Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ („Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar. 

Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi

mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan. 

Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida, 

baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda

uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160) 

tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari

mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, 

adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham 

olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. Ibn Sinoning koʻproq falsafa va tibga

oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta qayta

nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali

qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.



Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“ 

dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:

• almadhal — mantiqqa kirish;

• al-maqulot — turlari;

• al-iborat — interpretatsiya;

• al-qiyos — sillogizm;

• al-burhon — isbot, dalil;

• al-jadal — tortishuv, dialektika;

• as-safsata — sofistika;

• alxitoba — ritorika;

• ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);



tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va

insonlar haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3) 

riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa

(geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot. 

Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, 

fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.

Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli

ishlar qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra, 

barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), 

oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif

to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning

geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol va-

linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi.




Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir. 

Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida

bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy

nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va

zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli

yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-

sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida

balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar

bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga

kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining

oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab

boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan, 

zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir

vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining

tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm

yerlarini kiritadi.




Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid

asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda Ibn 

Sinoning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks

etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun

nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida

metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl

bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari

taʼsiri ostida „Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir

risola“) nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan

yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va

„Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“) asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va

kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan „Kitob

ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari

behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda

maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar

oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini

bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu

nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol

oʻynadi.



• Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda

ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U „Kitob

ash-shifo“ ning „anna-bot“ („Oʻsimliklar“) qismida oʻsimliklarning turlari, paydo

boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish

sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib

boradi.


• Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha

saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda „Kitob ash-shifo“ va „Donishnoma“ ning

riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni bagʻishlagan. Ptolemeyning

„Almagest“ ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha

qoʻllanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik uzunligini oʻz davri

uchun butunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish orqali

aniqlab bergan. Beruniy „Geodeziya“ asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib, 

uni faqat Ibn Sino nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500-yil dan keyin

(1514-yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.




• Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidni „Negizlar“ kitobini

qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik

oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, „son“ 

tushunchasi doirasini „natural son“ dan ancha kengaytirdi.

• Sheʼriyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining

ayrim tibbiy asarlari („Urjuza“) ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan. 

Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki, 

ular keyinchalik fors adabiyotiga chuqur taʼsir koʻrsatdi. 

Olimning fors tilida yozgan bir necha gʻazal va qitʼalari, 40 dan

ortiq ruboiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va

oʻzbek tillarida nashr etilgan.



Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik

nazariyotchidir. Musiqa haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid

toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6 

boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa haqida kichik boʻlimlar

mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari

haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan: 

nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo. 

Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani

birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni

ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm

masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim

bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar

jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo

boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi. 

Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga

kiritgan.




Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga

ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham. 

Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, 

Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida

ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston, 

Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida

rivojlantirdi va bo-yitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining

asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson

gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning

tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning

anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining

roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga

yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida

yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy

anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov Ibn Sinoning izdoshi

deyishga asos beradi.




Ibn Sino oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini

yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va

meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu 

usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta

kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas

olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli

kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda

tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Masalan, 

diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga

qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775-yil da ingliz

olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida ilk bor Ibn Sino vabo bilan oʻlatni farqlagan, 

yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash

kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm, 

qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri

tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning

bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804-yil da yevropalik olim Sinke

quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini

tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u 

atrof muhitning, iqlimning, parhez va jismoniy mashqlarning taʼsiriga hamda bemor

kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.




Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy

tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zuluk solish, huqna va hokazo)ga ahamiyat berish

kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni parhezni muhim omillardan deb 

hisoblaydi va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida

koʻproq mayiz, anjir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi

glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi koʻrinishidir. Ibn Sinoning jarroxlik sohasini

rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarroxlikda qoʻllanib

kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish, 

bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib, 

nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan

davolash usuli hozirgacha „Avitsenna usuli“ deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino oʻzi

ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asr da fransuz tabibi Kalo qayta

kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham 

keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yil da amaliyotga yangi ixtiro sifatida

qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga maʼlum

boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning

operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa Ibn Sino qoʻllagan muolaja usullaridandir. 

Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta eʼtibor bergan. 

Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan

foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning

ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan

davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan

ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni

qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yil da Nobel mukofotiga

sazovor boʻlgan.



Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb

madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd

Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin

Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon

Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz

asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada

allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila

boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano

Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, 

Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz

ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.

Ibn Sinoning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha joylarda shu fan 

sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati

shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida

tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va

ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida

umumlashtirdi. Bunga uning „Tib qonunlari“ va bu asarning jahon tib ilmi tarixida

tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.





Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin