Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


22.3. Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240
Ривожланиш психологияси

518


22.3. Shaxs shakllanishida oilaning ta’siri
Shaxs tarbiyasida muhim rol o‘ynaydigan o‘ziga xos mikroja- 
moalardan biri oiladir. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik va xavotir- 
lanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha
kirisha olmaslik va sovuqlik — bu xislatlarning barini shaxs oila­
da egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqquncha shakllanadi 
va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta’sir etadi. Xavotirlanuvchan 
onalarda xavotirlanuvchan bolalar shakllanadi.
Rus psixologi R.S.Nemov oila a’zolari orasidagi munosabat- 
larni to‘rtga ajratadi. Ular psixofiziologik, psixologik, ijtimoiy va 
madaniy1. Psixofiziologik munosabatlarga — biologik qarindoshlik 
va jinsiy munosabatlar kiradi. Psixologik munosabatlar — ochiq- 
lik, ishonch, bir-biri to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, o‘zaro axlo­
qiy va hissiy qollab-quvvatlash. Ijtimoiy munosabatlar, rollarning 
taqsimlanishi, oilaning moddiy tomondan bogliqligi, shuning­
dek, mavqeli munosabatlarni - avtoritet, rahbar, bo‘ysunishni o‘z 
ichiga oladi. Madaniy munosabatlar — urf-odat va an’analar bi­
lan bog‘liq oila ichidagi bog'lanish va munosabatlarni o‘z ichiga 
oladi. Bu murakkab munosabatlar tizimi farzandlarning oiladagi 
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oiladagi ijtimoiy-psixo- 
logik omillarga to‘xtalib o‘tamiz. Birgalikdagi hayot turmush 
o‘rtoqlardan doimiy kelishuvga tayyorlikni talab etadi, bunda tur­
mush o‘rtog‘ining qiziqishlari va ehtiyojlari bilan hisoblashish, 
bir-birini hurmat qilish, bir-biriga ishonish, bir-birini tushunish- 
ga harakat qilish lozim bo‘ladi.
Bolani tarbiyalashga ta’sir etuvchi salbiy omillar qatoriga oila 
ichidagi munosabatlar odobining er-xotinlar tomonidan doimiy 
buzilishi, o‘zaro ishonch, e’tibor, g‘amxo‘rlik, hurmat, psixologik 
qo‘llab-quvvatlash va qollab-quvvatlashning mavjud emasligini 
ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha bunday salbiy anomaliyalarga er,

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin