Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Shaxs tarbiyasida madaniyat



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240
Ривожланиш психологияси

22.4. Shaxs tarbiyasida madaniyat
Yoshlarni hamjihat jamoa qilib jipslashtirishda avlod-ajdodla- 
rimiz, ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, 
san’atimizning, madaniyatimizning sirlarini o‘rganish, o‘zbek 
xalqining ajoyib an’analaridan foydalanish hamda ularni yoshlar 
ongiga singdirish katta ahamiyatga egadir.
0
‘smirlik davridan boshlab shaxs shakllanishiga ommaviy ax­
borot vositalari va madaniyat ko‘proq ta’sir ko'rsata boshlaydi. 
0
‘smirlik va ilk o‘spirinlik davrida oila va maktab ta’siriga nisba­
tan ommaviy axborot vositalarining ta’sirini boshqarish qiyin. Le­
kin shunga qaramay tarbiyaviy ta’sirni maqsadli boshqarish uchun 
ma’lum imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlar ommaviy axborot 
vositalaridagi axborotlarni tanlashga yordamlashish, radio va tele- 
ko‘rsatuvlar mazmuni va ularni sharhlash bilan bog‘liqdir. 
0
‘smir­
lik davridan boshlab kattalar uchun mo‘ljallangan gazeta va jur- 
nallarga qiziqa boshalaydi. Agar bu jarayon boshqarilmasa, doimiy 
emaslik, tasodifiylik ta’sirida o‘qishga qiziqish so‘nishi mumkin.
Bolalarga ta’sir etadigan ommaviy axborot vositalarini bosh­
qarish haqida gapirganda zamonaviy axborot va madaniyat man- 
balari bilan munosabatga kirishishni sun’iy cheklash haqida so‘z 
ketadi. Bunda bolalarda ijtimoiy qarashlar va madaniyat, ma’lum 
estetik didni shakllantirish lozim. Bolaning atrofidagi kattalar, 
ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari unga katta yordam ko‘rsa- 
tishlari mumkin. Ularning har biri har kuni nimadir o‘qiydi, es- 

hitadi, ko‘radi, o‘smirga nimadir o‘qishni tavsiya etishi mumkin.
521


Ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealarni oilada va 
maktabda doimiy va o‘zaro bolishi va buni kattalar bolalar­
ga tushuntirishi zarur. Bu doimiylik va tizimlilik bilan nafaqat 
ota-onalar va o'qituvchilar, balki bolalarning o‘zi ham shug‘ul- 
lanishi lozim. Shundagina bolalarda ommaviy axborot vosita­
lari va madaniyatga murojaat qilish ehtiyoji paydo bo‘ladi, tu- 
shunishga tayyorlik (ustanovka), bilish, eshitganini, o‘qiganini, 
ko‘rganini eslab qolish, ma’lumotlarni idrok qilishda tanlovchan- 
lik didi shakllanadi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bolaga nimanidir 
o'qishni tavsiya qilganida ommaviy axborot vositalarining shaxs 
rivojlanishiga tarbiyaviy ta’sirini doimo yodda tutish lozim.
Ommaviy madaniyat va moda ham bolalarga chuqur tarbi­
yaviy ta’sir ko‘rsatadigandek tuyuladi. Lekin bunday qiziqishlar 
vaqtinchalik va yuzaki bolib, vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadi. Le­
kin bunda bolalarning vaqtinchalik qiziqishlari emas, balki ular­
ning uzoq vaqt ta’sir etuvchi oqibatlaridan xavotirlanish kerak, 
ya’ni o'smir va o‘spirinlarni shaxsiy rivojlanishning jiddiy man- 
balaridan uzoq vaqt chalg'itishidan xavotirlanish zarur.
Ommaviy madaniyat va modaning vaqtinchaligi va o‘tkin- 
chiligidan ular o‘smir va o‘spirin shaxsi shakllanishiga umuman 
ta’sir qilmaydi, degan fikrdan yiroqmiz. Bunday ta’sir albatta 
mavjud, lekin bu ta’sir shunday qiziqishlari mavjud tengdosh- 
lari bilan muloqot orqali amalga oshadi. Ommaviy madaniyat- 
ning bir turiga qiziqadigan, bir narsani moda deb taqlid qiladi­
gan insonlarda umumiy qarashlar paydo bo‘ladi. Bu esa o£smir 
va o‘spirinlarda do‘st tanlashda, muloqot sherigini tanlashda asos 
boladi. 
0
‘smir va o‘spirinlarda bir xil didning shakllanishi, teng- 
doshlarida ham bir xil shaxsiy muammolar mavjudligidan dalo- 
lat beradi. Bu esa muloqotdagi tanlovchanlikni amalga oshiradi 
hamda o‘z navbatida ma’lum insonlar guruhi bilan chegaralan- 
gani uchun tarbiyani ham yo‘naltiradi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin