2. Rivojlanishning notekisligi. Shaxsning turli tomonlari, xu-
susan psixik funksiyalar ham notekis rivojlanadi. Funksiya ustun-
lik qiladigan davrlar mavjud, bu uning birmuncha darajada ja-
dal muvofiq sur’atda rivojlanish davridir qolgan funksiyalar esa
ong ustida bo'ladi hamda ustun bo'lgan funksiyadan tobe bog'liq
bo'ladi. Har bir yangi yosh davri funksiyalararo aloqalarni o'zgar-
ganligidan dalolat beradi — markazga boshqa funksiya chiqadi,
boshqa funksiyalar o'rtasidagi bog'liqlikning yangi munosabati
aniqlanadi.
3. Bola taraqqiyotidagi «metamofozalar». Rivojlanish miq-
doriy o'zgarishga olib kelmaydi bu o'sish emas, balki sifat jihat-
dan o'zgarish qatoridir (zanjirdir). Har bir yosh bosqichida bola
ning psixikasi o'ziga xos bo'lib u sifat jihatdan avvalgilaridan va
keyingilaridan sifatliroqdir.
4. Bola taraqqiyotida evolutsiya va involutsiya jarayonlari-
ning muvofiqligi. Involutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy
sur’atda hosil bo'lganlar yo'q qilinadi yoki (yangidan tuziladi)
tubdan yangilanadi. Masalan, (gapirishni) so'zlashni o'rgangan
bola g'uldurab (noaniq) gapirmay qo'yadi.
Dostları ilə paylaş: