PT o „ 0 ‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijo d LV 'tjyi toshkent — 2012



Yüklə 58,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/44
tarix22.12.2023
ölçüsü58,24 Kb.
#190463
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Abdurahmon Akbar. G\'aroyib avtobus

O lm o s m e n in g y u r a g im ,
T o lm a s m e n in g y u r a g im .
K im a y t a d i s h e ’r im d a
Q o l m a s m e n in g y u r a g im .
Sevimli bolalar shoiri Qudrat Hikmatning shu to'rtligini qachon 
yodimdan o ‘tkazsam, qalbim umid va farahga to ‘ladi. Shoirning 
„yolg‘o n “iga maflun boMaman. Darhaqiqat, ijodkoming yuragi oldida 
olmos nima degan gap. Shoir qalbining o ‘zi olmos-ku axir!
She’r yozsangiz o ‘quvchi qalbini toMqinlantiring. QoMingizdan 
kelsa, uni kuldiring, uddasidan chiqsangiz, yigMatib, ko‘nglini bo'sha- 
ting, yuragiga ezgulik urugMarini soching.
Onalar haqida ham minglab 
she’rlar yaratilgan. She'rlar bir- 
biridan ajoyib, 
birining o ‘mini ikkinchisi egallay olmaydi.
Ona yuragi haqidagi she’riy rivoyat ana shunday go‘zal asarlaming 
biridir. Uning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Rivoyat qilishlaricha, onaning yolg'iz o ‘g‘li bir qizga oshiq boMib 
qolibdi. Qiz yigitning muhabbati chin yoki yolg'on ekanini sina- 
moqchi boMib, unga „agar meni sevsang, borib onangning yuragini 
sug‘urib kelasan“ , deb shart qo‘yibdi. Oh, sho‘rlik yigit, ikki o ‘t
5— G'aroyib avtobus 
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


ovorasi! U bir gal qizning oldiga quruq qo‘l bilan qaytibdi, ikkinchi 
safar bug'uning yuragini eltibdi. Uchinchi safar volidasining yuragini 
qo'liga olib chopibdi. Chopa turib, qoqilib yiqilibdi. Ana shunda: 
giryon ona yuragi tilga kirib:
— 
V o y, q a t t i q t u s h m a d in g m i,
B e c h o r a b o la g in a m
(!) deb fig'on chekibdi.
Onaizorning o ‘z farzandiga bo'lgan m ehr-m uhabbatini bundan 
o ‘tkazib tasvirlashning iloji bormikan?
Payqaganingizdek, she'r yozish boshqalar ijodini o ‘rganish, fikr 
yuritish, muqoyasa (solishtirish)dan boshlanadi.
She’r tabiatiga ko'ra har xil: quvnoq, mahzun, hikmatga boy, bir 
so‘z yoki bir voqea-hodisa asosiga qurilgan boMishi ham mumkin.
Ifoda uslubi qanchalar ravon, satrlar samimiy, fikr teran bo‘lsa, 
she’r shuncha salmoq kasb etib, o'quvchi qalbiga muhrlanadi. Qis- 
qalik, lo‘ndalik, ortiqcha tasvir va so'zlardan xolilik asarning husniga 
husn qo‘shadi.
Abdulla Oripovning ona haqidagi sakkizligini yodga olaylik. 
Shoir bu she’rida osmonda bir yulduz uchsa, bir inson taqdiri nihoya 
topadi, degan aqidaga ijodiy yondashib, purhikmat fikmi, to ‘g‘rirog‘i, 
chorlovni ilgari suradi. Ona dunyodan o ‘tsa yulduz nima boMibdi
hatto osmon qulab tushsa arziydi, deyiladi she’rda. Shoir bu bilan, 
onangni hayotligida ardoqla, qadriga yet, onadan ayrilish — osmonsiz 
qolishning baayni o ‘zi deydi.
E 'tib o r bergan boMsangiz, bu bayonlarning barchasi o 's h a , 
yuqorida takror-takror yodga olganim „yolg‘on“ga asoslangan.
Bu yolg'on inson ko‘nglini mehrga toMdiradi, uni hayotga bosh- 
qacha ko‘z, nigoh bilan qarashga undaydi.
Yanglishmasam, she'rning ta’sir 
kuchi, joni mana shunda.
S H E ’R YO‘LI

Yüklə 58,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin