(yoki yozuvchilik) iqtidoringiz qay darajada ekani shundoq ayon
bo‘lar ekan.
Meni taijima sohasiga undagan va yoMlagan Tursunboy Adash-
boyev bo‘ladi.
1987-yilning yozida „Yulduzcha“ nashriyoti (bugungi Cho'lpon
nomidagi N M IU ) „D o‘stlik guldastasi“ nomli to'plamni nashrga tay-
yorladi. Tursunboy aka taijimalarim bilan to'plam da
qatnashishga
taklif qildi.
— Samuil Marshakni o ‘qiganmisiz? — deb so‘rab qoldi shoir kun-
lardan bir kuni.
— Yo‘q, — dedim picha iymanib.
— Mixalkovni-chi?
Yana yo‘q dedim.
— Korney Chukovskiy, Agniya Barto, Zaxoder,
Yunna Mores
degan shoirlarni eshitganmisiz?
Uyatdan boshimni egib, yerga kirib ketguday bo‘laman.
— Qoyil-e! — dedi Tursunboy aka rostakamiga jahli chiqib. — Bo-
lalar shoiri ho‘lmoqchisiz-u, dunyo bolalar shoirlari asarlarini o ‘qi-
maysiz! Bu bilan uzoqqa borolmaysiz-ku.
Shu bugundan tanishishni boshlang: sizga Sergey Mixalkovning
kitoblarini beraman. Nashrga tayyorlayotgan to‘plamimiz Mixalkov
she'rlari bilan ochiladi. 0 ‘zingizga yoqqan she’mi tatjima qilib keling.
Adashboyev qo'lim ga kitoblar tutqazdi. Yanglishmasam, o‘sha
kuni 15-avgust edi.
Uyga kelgach, soat tungi 3 gacha Mixalkov
kitoblarini o ‘qib,
bir emas, to‘rtta she’rini tarjima qildim. Ulardan
biri „D o‘stlik guldastasi“ to'plamiga kiritildi.
Ana shu voqeadan so‘ng turli tildagi bolalar uchun yozilgan
she’riy
kitoblar, gazetalar, jurnallarga qiziqishim ortib ketdi. Tosh-
kentda nechta kitob do'koni bo‘lsa, deyarli bariga kirib,
kitob xarid
qila boshladim. Taijima sevimli, zavqli ijodiy ishim bo'lib qoldi.
U stozim to ‘g ‘ri ta'kidlagan ekan, bolalar adabiyoti haqidagi
tasawurlarim kengaydi. Qardosh xalqlaming taniqli bolalar shoirlari
bilan adabiy-ijodiy aloqalarni tiklashga kirishdim. 1988—1989-yillarda
iste'dodli bolalar shoiri Sergey
M axotin bilan uchrashib, ijodiy
aloqani yo‘lga qo‘ydim. Sergey mening she'rlarimni rus tiliga o'girdi,
men uning sheYlarini o ‘zbekchaga taijima qildim. Bu jarayon bir
necha yil davom etdi.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
Jahon bolalar adabiyoti tengi yo‘q xazinadir. Bu xazina
bilan
tanishish
dunyo adabiyoti sari sayohat, yo‘l
deganidir. Shu o'rinda
e ’tiboringizga jahon bolalar she'riyatidan ba’zi namunalarni havola
etaman. Ular qaysidir m a'noda sizni
tomonlari bilan tanishtiradi.
Dostları ilə paylaş: