Pudrat shartnomasi va uning turlari


Savol: Ularga qanday maslahat berishi kerak?



Yüklə 27,3 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü27,3 Kb.
#204136
1   2   3
FH oraliq savollari sirtqi

Savol: Ularga qanday maslahat berishi kerak?

2-KAZUS

Qodirov 750.000 sо‘mga mebellar tо‘plamini sotib olib, о‘zining tanishi Begimov bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga kо‘ra Qodirov yangi kvartiraga order olguncha mebellarini Begimovning uyiga qо‘yib turishni va buning uchun haq tо‘lashi lozim edi. Qodirov mebellar uchun kelganida mebellar tо‘plamiga kiruvchi ikkita kreslo va gazetalar stolchasi yо‘qligini bildi. Begimov bunday narsalarni Qodirov uning kvartirasiga olib kelmaganligini aytdi. Qodirov barcha mebellarni magazindan tо‘g‘ri Begimovning uyiga olib kelganligini, buni mebellarni ortib, tushirishda yordam bergan yordamchi ham tasdiqlashini ta’kidladi. Nizo sudda kо‘rib chiqish uchun topshirildi.
Savol: Ishni hal qiling.

3-KAZUS

Da’vogar «PROFI EDUCATION» mas’uliyati cheklangan jamiyati va javobgarlar Salayeva Gulnora Baxtiyarovna va Salayev Utkirbek Madiyarovichlar о‘rtasida 06.06.2019 yilda № PSB 3-sonli shartnoma tuzilgan. Mazkur shartnomaga kо‘ra «PROFI EDUCATION» mas’uliyati cheklangan jamiyati javobgarlar Salayeva Gulnora Baxtiyarovna va Salayev Utkirbek Madiyarovichlarning farzandi Madiyarova Malika Utkirbekovnaga pullik ta’lim berib, xizmat kо‘rsatgan, shartnoma majburiyatlariga kо‘ra, javobgarlar Salayeva Gulnora Baxtiyarovna va Salayev Utkirbek Madiyarovichlar esa kо‘rsatilgan xizmat (pullik ta’lim uchun) har oyda 2.230.000 sо‘m haq tо‘lashi shart bо‘lgan.
Da’vogar «PROFI EDUCATION» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilgan, lekin javobgarlar о‘zining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmasdan, xizmat uchun pulini tо‘lamasdan, shartnoma shartlarini buzgan.
Savol: Mazkur shartnoma qaysi qonunchilik normasiga muvofiq tarbirga solinadi?
4-KAZUS

"Adolat timsoli" advokatlik byurosi va fuqaro Toxirov Shuxrat o‘rtasida 09.09.2022 yilda 087/yur-sonli ”Yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi shartnoma tuzilgan bo‘lib, mazkur shartnomaga asosan "Adolat timsoli" advokatlik byurosi tomonidan Toxirov Shuxratga nisbatan qo‘zg‘atilgan Toshkent shahar, Yunusobod tumani Tergov bo‘limi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha xuquqlarini himoya qilish, dalillarni keltirishga, e’tiroznomalar, ariza va shikoyatlar yozishga, ishga daxldor ma’lumotlarbilan tanishishga, xujjatlarni olish kabi yuridik xizmatlar ko‘rsatishi, o‘z navbatida Toxirov Shuxratga ko‘rsatilgan yuridik xizmatlar evaziga shartnomada belgilangan miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazib berishi lozim bo‘lgan.


Mazkur shartnomaning 9-bandiga asosan advokat xaqining summasi 7.500.000 so‘m bo‘lib, mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab Toxirov Shuxrat tomonidan 3 (uch) kunlik muddat ichida shartnomada ko‘rsatilgan hisob-varag‘iga o‘tkazib berish majburiyatini olgan.
Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan 24.08.2022yilda Toxirov Shuxratga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi
1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tegishliligibo‘yicha Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan bo‘lib, mazkur jinoyat ishiga 09.09.2022 yildagi qarorga asosan Toxirov Shuxrat gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan hamda jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qayta malakalangan.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan Toxirov Shuxratga advokatlik byurosi tomonidan xuquqiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, 262662/2022-239-sonli jinoyat ishi natijasiga ko‘ra 25.09.2022 yildagi qarorga asosan javobgarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi1-qismi 1-bandiga asosan tugatilgan.
Advokatlik byurosi tomonidan shartnoma shartlari to‘liq bajarilgan bo‘lsada, javobgar Toxirov Shuxrat tomonidan taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan o‘zining majburiyatlarini, ya’ni advokatning ko‘rsatgan yuridik xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirmasdan kelgan, advokatlik byurosiga pulni qaytarmasligi ma’lum qilgan.



Yüklə 27,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin