Aqshda pul massasi qo’yidagi tarkibiy qismlaridan iborat
M0 = Markaziy bank tomonidan muomilaga chiqarilgan naqd pullar;
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar
+ yo’l cheklari
+ kredit kartochkalar;
M2 = M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar
+ jamg’arma depozitlari
+ pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar
+ qisqa muddatli REPO bitimlari
+ yevrodollardagi depozitlar;
M3 = M2 + sertifikatlar
+ maqsadli zayom obligatsiyalari
+ davlat zayom obligatsiyalari
+ xazina majburiyatlari;
L = M3 + davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari
+ korporativ qimmatli qog’ozlar
+ jamg’arma obligatsialari
+ bank akseptlari.
Rivojlangan mamlakatlarda pul agregatlari xususiyati
Jahon bank amaliyotida M0, M1, M2, M3, M4, L kabi turli pul ko‘rsatkichlari, ya'ni agregatlaridan foydalaniladi. Ular jumlasiga muomaladagi naqd pullar, kvazi pullar, rezerv pullar, milliy va xorijiy valyutadagi yalpi pul massasini kiritish mumkin. Ammo, ko‘pchilik davlatlarning bank statistikasida asosan M2 va M3 pul agregatlaridan foydalanadi.
Ta'kidlash joizki, kamdan-kam davlatlar M4 pul agregatini ishlatadi va ushbu ko‘rsatkich hozirgi paytda deyarli foydalanilmaydi. Masalan, AQShda L pul agregati 1997 yilgacha foydalanilgan va hozirgi paytda M3 pul agregati bilan cheklanadi, xolos. Buyuk Britaniyada esa M4 pul agregatidan ham foydalaniladi.