Pul islohotlari kreditning zarurligi, funktsiyalari, turlari va shakllari
Reja:
1. Pul islohotlari
2. Pul funktsiyalari
3. Pul islohotlari turlari va shakllari
Pul islohotlari
- milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va
pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul
tizimini to'liq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qog'oz pul
belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko'payib,
yangisi (qog'oz yoki metall) bilan almashtirish lozim bo'lganda, pulning oltin
qiymati yoki valyuta kursi o'zgarganda, pul tizimiga o'zgartish kiritish zarur
bo'lganda o'tkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-
sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog'liq holda turli usullar-da:
ortiqcha qog'oz pullarni yo'q qilish yo'li bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya);
eski pul belgilarini yo'q qilib, yangi qog'oz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish
(nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish
(denominatsiya); pul birligi yoki qog'oz pul birligi kursining metall qiymati va chet
el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall
qiymati yoki qog'oz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish
(revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922
—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga,
Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan so'nggi davrlarda pulning haddan
tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924 yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka
eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944 yil noyabrda 50 mlrd. draxma yangi 1
draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va
undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya
— 1944 yil,
Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya
— 1945 yil, Yaponiya — 1946 yil,
Avstriya
— 1947 yil ) amalga oshirildi.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik
qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan o'sha davrgacha muomalada
bo'lgan mayda mis tangalar o'rniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq
bo'lgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir
Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar bo'lganligi va ularda zarb etilgan
tangalar Yevropada ham mashhur bo'lganligi haqida ko'p ma'lumotlar bor.
Birgina G'arbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan
ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulug'bek tomonidan
1428 yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning
muomalada bo'lishi taqiqlangan. Bir qator
shaharlarda
— Buxoro, Samarqand,
Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila
boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin,
faqat Buxorodagi zarbxona faoliyati saqlab qolinib, qolganlari yopilgan.
Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi
xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamg'alar
zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan
yuritilgan juda ko'p miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g bo'lgan kumush
tangalar muomalada bo'lgan.
19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan
tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari
1920 yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918 yildan boshlab
muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va
10000 tangalik qog'oz pullar chiqarilgan. 1921 yilda Buxoro Xalq banki
muomalaga yangi, nominali rublda ko'rsatilgan qog'oz pullarni chiqara boshladi.
Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega bo'lgan. 1922 yilda Buxoro
Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab
marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga
chiqarildi. Ammo ko'p o'tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul
belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar
bosib chiqarildi. 1920
—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR)
tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl
nominalida ipakdan qo'lda to'qilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar
XSXR tugatilganga qadar, ya'ni 1924 yilgacha muomalada bo'lgan. Yuqori
inflyasiya natijasida 1922
— 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga
oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no- minalini ko'rsatuvchi tamgalar
bosilgan. 1921
—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini o'tkazishga
qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923
—24 yillarda
Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl
chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi
ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli
— turkbonlar chiqarilgan.
Keyinchalik 1921 yil 1 yanvardan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul
islohotlari o'tkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947
yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari o'tkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda
kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona
tartib o'rnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul
belgilariga almashtirildi. 1950 yilga kelib oltin tovar za-xirasining ko'payishi, chet
el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi o'zgarishi 1961
yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga
almashtirilishiga olib keldi.
'zbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya o'z milliy valyutasini
chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl
zonasida qoldi va mamlakatda amalda bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga
olib, o'z milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-
rinchi bosqich: 1993 yilning 15 noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa
va aholi daromadlarining o'z vaqtida to'lanishini, respublika ichki iste'mol bozorini
ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududida to'lov vositasi sifatida 1961
—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993 yildagi rubli bilan
parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "so'mkupon" muomalaga
kiritildi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50,
100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so'mkupon qog'oz pullarni chiqardi.
Ikkinchi bosqich: 1994 yil 1 iyulidan boshlab O'zbekiston Respublikasining milliy
valyutasi so'm 1 so'm = 1000 so'mkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi.
Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so'm bo'lgan bank
qog'oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo'lgan metall tangalar
chiqardi.
O'zbekiston Respublikasi o'z milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli
bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish
im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997 yildan boshlab
muomalaga 200 so'mlik, 1999 yildan 500 so'mlik va 2001 yildan 1000 so'mlik
bank qog'oz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi.
2020 yil 1 iyuldan boshlab muomaladagi 1997-yil namunasidagi 200 va 1999-yil
500 so’mlik banknotalar to’lov vositasi sifatida o’z kuchini yo’qotdi. 2013-
yil 5000 so’mlik va 2017 yildagi 10000 so’mlik nominaldagi banknotalar
2021-yil 26 avgustdan yangi dizaynda chiqa boshladi.
Harbir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan.
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi, ular boyligining ko‘payishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g‘oyalardir.
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo‘lib, u pulning kelib chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli birlik ekanini aytadi. O‘zaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdori kam-ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi.
Rivojlanishning birinchi bosqichlarida mis, bronza, temir ishlatilib, almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o‘rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi1 deb izohlagan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreyt qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o‘rtasidagi kelishuvning mahsuli ekanligini uqtiradi.
Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K. Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. U pulning kelib chiqishini tadqiq qilishda A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda, pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. SHuningdek, u pulning o‘zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o‘lchashning asosi bo‘lib xizmat qiladi, deb ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o‘xshagan real pullar o‘rniga o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan qog‘oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. SHuning uchun qog‘oz va kredit pullar pul kelib chiqishi to‘g‘risidagi ratsionalistik konsepsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isboti bo‘la olmaydi. Qog‘oz pullar yuzaga kelguncha, jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan.
Dostları ilə paylaş: |