Pul-kredit operatsiyalari nima?
Pul-kredit siyosati asosiy operatsiyalari
Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lgan iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta`minlashda transmission mexanizm foiz kanali ta`sirchanligini
oshirish maqsadida pul-kredit operatsiyalari amalga oshiriladi.
Pul-kredit operatsiyalari
bank tizimi umumiy likvidligini tartibga solish orqali qisqa muddatli foiz stavkalarini boshqarishga yo`naltirilgan.
Markaziy bank tomonidan ushbu operatsiyalar
foiz koridori mexanizmi
asosida amalga oshiriladi va pul bozori foiz stavkalarining
asosiy stavkaga
nisbatan
±2 foizlik
koridorda shakllanishini ta`minlaydi.
Markaziy bankning operatsion mexanizmi
Maqsadi
Instrument
Shartlari
Foiz stavkasi
Vazifasi
Likvidlikni taqdim etish
REPO auksionlari
7 kunlik
(har dushanba)
(11:00 - 11:30)
Asosiy stavka Bank tizimi likvidligidagi vaqtinchalik taqchillikni qoplash
SVOP auksionlari
7 kunlik
(har dushanba)
(11:30 - 12:00)
Overnayt REPO operatsiyalari
1 kunlik
(10:00 - 16:00)
Asosiy stavka
+ 2%
Bank tizimi likvidligidagi kunlik taqchillikni qoplash
Overnayt SVOP operatsiyalari
Likvidlikni jalb etish
Overnayt depozit operatsiyalari
1 kunlik
(10:00 - 16:00)
Asosiy stavka
- 2%
Bank tizimi likvidligidagi kunlik ortiqchalikni jalb etish
Depozit auksionlari
7 kunlik
(har payshanba)
(11:00 - 11:30)
Asosiy stavka Bank tizimi likvidligidagi vaqtinchalik ortiqchalikni jalb etish
Markaziy bank obligatsiyalari
12 oygacha
(grafikka asosan)
(11:00 - 11:30)
Asosiy stavka
+ 2%
(yuqori chegara)
Bank tizimi likvidligidagi tarkibiy ortiqchalikni jalb etish
Likvidlikni taqdim etish operatsiyalari
1.
REPO auksioni
– bu kredit tashkilotlaridan qimmatli qog`ozlarni markaziy bank tomonidan sotib olish va keyinchalik ularni oldindan belgilangan narxda
ma`lum muddatdan keyin sotish bo`yicha ikki tomonlama bitim.
Markaziy bank REPO stavkasini
– asosiy stavka darajasida belgilaydi – bu o`z o`rnida REPO operatsiyalari bo`yicha taqdim etilgan mablag`lar uchun narx
hisoblanadi. Davlat qimmatli qog`ozlari va Markaziy bank obligatsiyalari oldi-sotdi predmeti hisoblanadi.
Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog`ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to`g`risidagi” Nizom
2.
Valyutaviy SVOP auksioni
–
oldindan belgilangan valyuta kurs (forvard operatsiyasi) bo`yicha ma`lum vaqtdan keyin teskari operatsiyani amalga oshirish
sharti bilan ikki tomonlama valyuta ayirboshlash operatsiyasi (spot operatsiyasi).
Forvard kursini hisoblashda milliy valyutaning qiymati sifatida Markaziy bankning asosiy stavkasidan foydalaniladi. Bitim predmeti xorijiy valyuta hisoblanadi.
3.
Overnayt REPO
va
Overnayt valyutaviy SVOP
operatsiyalari
– bir kun muddatga “asosiy stavka + 2%” stavkada muntazam qo`llaniladigan operatsiyalar.
Likvidlikni jalb etish operatsiyalari
1.
Markaziy bank obligatsiyasi
– obligatsiya egasi tomonidan belgilangan tartibda daromad olish huquqini beruvchi Markaziy bank tomonidan elektron
shaklda emissiya qilinadigan qimmatli qog`ozlar.
Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalar chiqarishi va muomalada bo`lishi to`g`risidagi” Nizom
2.
Depozit auksionlari
–
Markaziy bankning tijorat banklaridan depozitlarga asosiy stavka darajasida mablag`larni jalb qilish operatsiyalari. Ushbu auksionlar
2022 yilning mart oyidan boshlab “to`liq qoplanadigan o`zgarmas foiz stavkali” operatsiyalar (fixed rate – full allotment) ko`rinishida amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun “O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan deposit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi” Nizom
3.
Overnayt depozit
-
“asosiy stavka - 2%” stavkasi bo`yicha 1 kun muddatga muntazam foydalaniladigan operatsiyalar.
© cbu.uz, 1994 – 2023
Sayt yaratuvchisi Pixelcraft®
Dostları ilə paylaş: |