Qisqacha xulosalar Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimi shakllangan.
Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o`sish, to`liq bandlikni, baholarning hamda to`lov balansining barqarorligini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi, majburiy zahiralash normasi va ochiq bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining eng progressiv usuli bo`lib, uni qo`llash ko`lami ortib boradi.
O`zbekiston Respublikasida majburiy zahiralash normasi va qayta moliyalash stavkalari kamaytirib borilayotganligi, pul-kredit siyosatining nisbatan yumshatilayotganligidan dalolat beradi. Bu inflyatsiya sur`atlarining jilovlanganligi tufayli mumkin bo`ldi va investitsiyalar, yalpi talab hajmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Markaziy bank va tijorat banklari funktsiyalarini tushuntirib bering. 2. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
3. Ochiq bozordagi operatsiyalarning pul taklifiga ta`siri mexanizmini tushuntirib bering.
4. Qayta moliyalash stavkasining o`zgartirilishi pul taklifiga qanday ta`sir etadi?
5. Majburiy zahiralash normasi qaysi maqsadlarda qo`llaniladi va uning pasaytirilishi oqibatlari qanday?
6. Pul-kredit siyosatining etkazish mexanizmini tushuntirib bering.
7. YUmshoq va qattiq pul kredit tsiyosati tushunchalariga izoh bering.
8. Fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishning muhimligi nimalar bilan izohlanadi?
*** Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки тўғрисида”ги Қонуни, 3-модда,1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 8-.б.