Valyuta va depozit siyosati.Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy
maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan
nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining
vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari
bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta
siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini
ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov
balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit
siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning
tartibini ta’kidlash mumkin.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni
bajaradi:
7. Tijorat banklariga xorijiy valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirish
uchun bir marotabalik va Bosh litsenziyalarni beradi hamda qaytarib oladi;
8. Vakolatli tijorat banklarining o’zlari va mijozlari nomidan chet el
valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta
pozitsiyalarini belgilaydi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi
aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu
aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.
9. O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va
sotib olishni tartibga solib boradi;
10. Tijorat banklarida chet el valyutasi va to’lov hujjatlari hamda boshqa
qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning
tartibini belgilaydi;
11. Vakolatli banklarda norezedentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy
valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;
12. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy
shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini
belgilaydi;
57
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi. F.Mullajonov taxriri ostida. –T.: «O’zbekiston»
nashriyoti, 2001y. 62 – bet.
13. O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el
valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni
tartibga soladi;
14. Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini
belgilaydi.
Markaziy
bank
valyuta
siyosatini
amalga
oshirishda
valyuta
interventsiyasidan keng miqiyosda foydalandi. Valyuta interventsiyasi –bu
Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir
etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq
operatsiyasidir.
Markaziy bankdepozit siyosatiorqali mamlakat resurs bozori, tijorat
banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda
Markaziy bank tijorat banklari depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining
eng yuqori darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini
ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni
aniqlab beradi.