Pul, kredit va banklar


Jalb qilingan mablag‘larning manbasi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
Pul, kredit va banklar

Jalb qilingan mablag‘larning manbasi
1. 
Depozitlar 
2.  Chaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar; 
3.  Muddatli depozitlar; 
4.  Jamg‘arma depozitlar.  
Xalqaro  bank  amaliyotida  bank  resurslari  tarkibida  depozit  mablag‘lar, 
ayniqsa  muddatli depozitlar  asosiy  ulushni  tashkil  etadi. Bank  resurslari  tarkibida 
muddatli  depozitlar  ulushining  yuqoriligi  banklarning  moliyaviy  barqarorligini 
mustahkamlashga  va  to‘lovga  layoqatliligini  ta’minlashga  bevosita  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.  
Ta’kidlash  lozimki,  respublikamiz  tijorat  banklari  resurslari  tarkibida 
muddatli  mablag‘larning  ulushi  o‘sib  borish  tendentsiyasiga  ega  bo‘lib,  ushbu 
ko‘rsatkich 2001 yil 1 yanvar holatiga taxminan 7 – 8 foizni tashkil etgani holda, 
2008 yil 1 yanvar holatiga 17 foizga, 2010 yilda 35 – 40 foiz yaqin darajani tashkil 
etgan.    
5. 
Depozitsiz mablag‘lar 
1.  Banklararo kredit resurslari; 
2.  Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; 
3.  Tijorat banklaridan olingan resurslar; 
4.  Boshqa mablag‘lar. 


Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya bozoridan jalb 
qilingan  banklararo  kredit  resurslari  asosiy  salmoqni  egallaydi.  Banklararo 
kreditlar  asosan  qisqa  muddatli  xarakterga  ega  bo‘lib,  odatda  ushbu  kreditlarni 
berish va olish jarayoni o‘zining tezkorligi  bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu 
jarayon bo‘yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida 
amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablag‘lar 
vakillik  hisobvaraqlari  orqali  o‘tkazib  beriladi.  Shu  bilan  birga,  ushbu  kreditlar 
tijorat  banklari  uchun  nisbatan  arzon  va  muddati  jihatidan  «uzun»  mablag‘lar 
hisoblanadi. 
Xalqaro  bank  amaliyotida  banklarning  depozit  bo‘lmagan    resurslari 
tarkibida  asosiy  yirik  manbalardan  biri  qimmatli  qog‘ozlar  hisoblanadi.  Banklar 
moliyaviy  resurslarni  shakllantirish  maqsadida  aktsiya,  obligatsiya,  depozit  va 
jamg‘arma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. Shuningdek, tijorat banklari uzoq 
muddatli  resurslarini  shakllantirishda  ipoteka  va  subordinar  qimmatli  qog‘ozlari 
muhim o‘rin tutadi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali 
resurslarni  shakllantirish  bilan  bog‘liq  operatsiyalarini  ikkita  guruhga  ajratish 
maqsadga muvofiq.  
Birinchi  guruhga,  tijorat  banklari  ustav  va  qo‘shimcha  kapitalini 
shakllantirish  maqsadida  aktsiya  va  subordinar  qimmatli  qog‘ozlarni  muomalaga 
chiqarish  bo‘yicha  operatsiyalari,  ikkinchi  guruhga  esa  qisqa  va  uzoq  muddatli 
resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojini  qoplash  uchun  obligatsiya  va  ipoteka  qimmatli 
qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi.   
Aktsiya  va  sertifikatlarning  bozor  bahosi  banklarning  ushbu  bozordagi 
faoliyatini  baholovchi  iqtisodiy  ko‘rsatkich  hisoblanadi.                  Tijorat  banklari 
aktsiyalari  va  sertifikatlarning  bozor  bahosi  ortib  borishi  ularning  oldi–sotdisiga 
ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.      Ko‘pchilik  hollarda  tijorat  banklari  o‘z  aktsiyalari  va 
sertifikatlarining    ikkilamchi  qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  bahosini  oshirish 
maqsadida  investitsion  kompaniyalar  orqali  investor  sifatida  ham  maydonga 
chiqishi mumkin.   
Tijorat  banklari  aktsiyalari  va  sertifikatlarning  bozor  bahosi  moliya 
bozoridagi mavjud talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Aktsiya va  sertifikatlarning 
nominal va bozor bahosi o‘rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Agar 
ushbu  farq  ijobiy  bo‘lsa,  tijorat  banklari  moliyaviy  jihatdan  barqaror  va 
raqobatbardosh  ekanligidan  dalolat  beradi.  Mazkur  holat  banklarning  qimmatli 
qog‘ozlar orqali  resurslarini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Tijorat  banklari  aktsiya  va  sertifikatlariningbahosiga  ta’sir qiladigan  asosiy 
omillardan biri ularga to‘lanadigan dividend va foiz to‘lovlari hisoblanadi. Aktsiya 
va  sertifikatlarga  to‘lanadigan  to‘lovlar  miqdorining  yuqoriligi  va  barqarorligi 
banklarning  qimmatli  qog‘ozlar  bozoridagi  emitent  nufuzini  oshirishga  bevosita 
ta’sir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida 
iqtisodiy  foyda olish yotadi. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  tijorat  banklari  qimmatli  qog‘ozlar 
bozoridagi  emitent,  investor  yoki  vositachi  sifatidagi  ishtirokiga  iqtisodiyotdagi 
inflyatsiya  darajasi  bevosita  ta’sir  qiladi.  Shu  bois,  banklar  qimmatli  qog‘ozlar 


bozorida,  ayniqsa  emitent  sifatida  qatnashganida  inflyatsiya  darajasini  inobatga 
olishi lozim.  
Tijorat banklari mablag‘lariikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil 
etadi.  Bank  kapitali  tarkibida  ustav  kapitalining  tashkil  topishi  va  barqarorligi 
jihatidan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin