14.2. Mikrokredit tashkilotlari
Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish
uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan
shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri. Mikrokredit
tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi
ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma
nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob
bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z
birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan
hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni
vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z
emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mikrokredit
tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofik davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash.Qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya
berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish
haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan
hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul
qilinadi. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni
taqdim etishi kerak:
1. litsenziya berish xaqidagi ariza;
2. mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;
3. mikrokredit
tashkiloti
davlat
ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan
nusxasi;
4. mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
5. mikrokredit
tashkilotining
ustav
fondi
shakllanganligini
tasdiqlovchi bank hujjati.
Litsenziya berishni rad etish. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan va taqdim etilgan hujjatlarda
ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya
berishni rad etishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad
etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib,
hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan
muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor
qilish. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror
quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda;
mikrokredit tashkilotining faoliyatidaaniqlangan qoida-buzarliklarni
bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan
bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda
qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda;
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
mikrokreditlar berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan
paytdan e’tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunda nazarda
tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti
aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko‘rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing
(moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar
ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va
boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bsg‘liq maslahat va
axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va
jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli
emas.Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larning manbalari
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar
ko‘rsatadi:
1. o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;
2. investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya
shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;
3. banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari;
4. xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan
chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;
5. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari
faoliyatini tartibga solishga doir vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar
va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida
"O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga
solishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda:
mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam mikdorini hamda
moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan
qoidalarini belgilaydi;
mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning
faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi
majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir
talablarni belgilaydi;
mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar
o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;
mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi,
tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.
Mikrokredit tashkilotining filiallari. Mikrokredit tashkiloti qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti
uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotini
qayta tashkil etish va tugatish. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va
tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |