Pul, kredit va banklar


 O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154
Pul, kredit va banklar

 
17.6. O’zbekistonning xalqaro moliyaviy institutlari  
bilan  hamkorligi va istiqbollari 
 
O’zbekiston Respublikasi va ETTB ning o’zaro hamkorlik aloqalari 1992 yil 
30 aprelda boshlandi. 1993 yildan mamlakatimiz ETTB ning to’laqonli a’zosi va 
aktsioneri bo’ldi. O’zbekiston ETTB ning hamkorlikdagi aloqalarini rivojlanishga 
quyidagi  holatlarni  ta’kidlab  o’tish  maqsadga  muvofiq.  1993  yil  Respublikamiz 
Prezidenti  I.A.Karimov  Buyuk  Britaniyaga  rasmiy  tashrifi  chog’ida  ETTB  ning 
shtab  –  kvartirasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 
yo’nalishiga  60  mln  dollar  hisobidagi  birinchi  kelishuv  imzolandi.  1994  yil 
Toshkentda  ETTB  ning  vakolatxonasi  ochildi  va  shu  yilning  10  yanvarida  ETTB 
O’zbekistonda  amalga  oshiriladigan  investitsiya  loyihalari    uchun  majburiy 
garovni bekor qildi. Bu esa, ikki tomonlama hamkorlikning yanada ishonchli tusga 
kirganidan  xabar  beradi.  2002  yilning  yakunida  ETTB  Prezidenti  Jan  Lemerani 
yurtimizga  rasmiy  tashrifi  ETTB  va  O’zbekiston  o’rtasida  2003  yil  4  martdan 
strategik hamkorlik boshlanishiga sabab bo’ldi.  


ETTB tomonidan  amalga oshirilgan loyihalar O’zbekistonda asosan paxta va 
neftni qayta ishlash, qurilish, tekstil va tog’kon sanoati, temir yo’l transporti, bank 
sektori va qimmatbaxo qog’ozlar bozori sohalariga yo’naltirilgan. Bundan tashqari 
bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, turizm va energetikani rivojlanishida 
faol ishtirok etmoqda. 
ETTB ning 60 mln dollar qiymatidagi birinchi kredit liniyani kichik biznesni 
qo’llab quvvatlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki  orqali 
amalga oshirildi. Ushbu  kredit liniyasi orqali umumiy qiymati 96,47 mln dollarlik 
21 ta loyixa 1996 yil nihoyasiga etdi.  
Bozor  munosabatlarining  rivojlanishini  belgilovchi  omillardan  biri,  bozorda 
sog’lom raqobat muxitini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda 2002 yilning 7 – 
9  avgust  kunlari  Evropa  tiklanish  taraqqiyot  banki,  Jaxon  tiklanish  va  taraqqiyot 
banki,  Xalqaro  moliya  korporatsiyasi,  Osiyo  taraqqiyot  banki  ishtirokida 
O’zbekistondagi  xususiylashtirish  jarayonlari  va  telekommunikatsiya  sohasidagi 
qonunchilik xolati bo’yicha “aylana stol” tashkil etildi.  
1995  –  1996  yillarda  bevosita  ETTB  ishtiroki  bilan  O’zbekistonda 
“O’zbeklizing  Interneyshnl”  lizing  kompaniyasi  tashkil  etildi.  Ushbu  loyihaga 
ETTB 0,9 mln.dollar  kompaniya ustav kapitalining 15 % ni yo’naltirdi.  
ETTB    Yaponiya  xukumati  bilan  kelishgan  holda  O’zbekistonda  BAS   
dasturini  amalga  oshirdi.  Dastur  maqsadi  O’zbekistonda  ishlab  chiqarilgan  
maxsulotlarni  sertifikatlashtirish    va  tashqi  bozorga  olib  chiqishdan  iborat.  Bu 
dastur  bugungi  kunda  bozor  iqtisodiyotiga  o’tayotgan  10  ta  davlatda  amal  qilib, 
eksport  korxonalarining  sertifikatlashtirish  bilan  bog’liq  50  %  harajatlarini 
qoplaydi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin